Header image  
free download programs
 
 
 

KOMPYUTER HAQIDA UMUMIY MA'LUMAT

Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi Ц kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. <DAVOMI>

 

2007 YILNING ENG KUCHLI KOMPYUTERI

2007 yilda bo'lib o'tgan hodisalarni eslab har birimiz eng yorqin holatlarni esga olamiz. Kimdir o'z kompyuteri apgreydini qildi, kimdir faqat videokartani almashtirdi, kimdir shunchaki xotirasini kengaytirdi, eng baxtlilar esa o'z kompyuterlarini yanada zamonaviysiga almashtirdilar. O'tgan 2007 yil eng qudratli shaxsiy kompyuter qandayligiga yodimizda qolishi qiziqarli, qanday eng yaxshisini yig'ish mumkin edi, mana shundan boshlaymiz. <DAVOMI>

 

YANGI (FSB 1333 SHINA VA DDR3) MICROSTAR TIZIM PLATASI. MSI

Oxirgi uch yil davomida biz chipsetlar hozirgi avlodiga va ular asosidagi Intel platformasidagi tizimli platalar - Intel 9xx turkumlariga o'rganib qoldik. Shu yil o'rtalarida Intel chipsetlar yangi avlodini Intel 3x (Bearlake) chipsetlarini faol ilgari surmoqda va mana shu turkumdagi chepsetlar bilan birinchi platalar O'zbekiston bozorlarida paydo bo'ldi. <DAVOMI>

 

OPTIK DISKLAR

Qanday qilib maТlumotlar diskka yoziladi?
Qanday qilib maТlumot yozilgan diskni uzoq vaqt davomida saqlash mumkin?
Qanday qilib kaftdеk kеladigan narsada shuncha maТlumotni saqlash mumkin?
Bu savollarning javobi hamma uchun qiziq boСlsa kеrak. Quyida ushbu savollarga javob topishga urinib koСramiz. <DAVOMI>

 

MSI 35 PLATINUM COMBO SISTEMA PLATASI

Platina (isp. Platina, qisqartirib plata - kumush) - oq rangli, zanglamaydigan qimmatbaho metall, oltindan ham qimmatli. MSI kompaniyasining sistema platalari OСzbekistonning kompyuter bozorlarida keng taqdim etilgan. Avvalgi sonlarimizda mazkur ishlab chiqaruvchining past va oСrta narx darajasidagi sistemali platalari toСgСrisida ma'lumotlar bergan edik. Shu bilan birga MSI kompaniyasida "Platinum" va "Diamond" qoСshimchalari bilan "premium" deb ataluvchi klassidagi sistemali platalari ham mavjud. "Platinum" turkumi platalari faqat yuqori narxi bilan emas, balki birinchi navbatda, maksimal mahsuldorligi, kengaytirish boСyicha katta imkoniyatlari va jamlovchi qismlarga boyligi bilan ajralib turadi. <DAVOMI>

 

XOTIRA (PQI)

Bugungi kunda kompyuterlararo xotira vositasi o'lchami yaqin vositasi o'lchami yaqin kunlarda 1,44 Mbayt sig'imli FDD 3,5" disketalari bo'lganiga ishonging ham kelmaydi. Oddiy foydalanuvchiga shaxsiy kompyuterda faol ishlash uchun bir to'plam disketalar bemalol yetar edi. 10 yil avval 4 Gbayt sig'imli vinchester yetarli hisoblangan, hatto dizaynerlar ham bir necha yuz megabaytdan ko'p bo'lmagan ma'lumotlardan foydalanib grafik stansiyalarda ishlaganlar. 64 Mbayt sig'imli shaxsiy kompyuter operativ xotirasi xayronqoldirar edi. Lekin o'sha paytdayoq xotira mahsuldorligi va sig'imi bo'yicha keng va to'ymas tushuncha - multimedia tushunchasi paydo bo'ldi. <DAVOMI>

 


 
 

 

TOP SOFT

 

 

 

 

   
             
Hosted by uCoz
яндекс.ѕогода