Header image
free download programs
 
 
 
MSI 35 PLATINUM COMBO SISTEMA PLATASI

pic

Platina (isp. Platina, qisqartirib plata - kumush) - oq rangli, zanglamaydigan qimmatbaho metall, oltindan ham qimmatli. MSI kompaniyasining sistema platalari OСzbekistonning kompyuter bozorlarida keng taqdim etilgan. Avvalgi sonlarimizda mazkur ishlab chiqaruvchining past va oСrta narx darajasidagi sistemali platalari toСgСrisida ma'lumotlar bergan edik. Shu bilan birga MSI kompaniyasida "Platinum" va "Diamond" qoСshimchalari bilan "premium" deb ataluvchi klassidagi sistemali platalari ham mavjud. "Platinum" turkumi platalari faqat yuqori narxi bilan emas, balki birinchi navbatda, maksimal mahsuldorligi, kengaytirish boСyicha katta imkoniyatlari va jamlovchi qismlarga boyligi bilan ajralib turadi.

Tanlagan sarlavhamizni tushuntirishdan boshlaymiz. Gap shundaki, 2007 yil sentyabr oyidayoq ilgСor geymerlar uchun Rossiyada mashhur boСlgan "Igromaniya" jurnali test sinovlari natijasida MSI 35 Platinum sistemali platasiga "Krutaya jelezka" unvonini berdi.

Geymerlar bugungi kunda kompyuter temirlaridan eng talabchan foydalanuvchilar hisoblanishlari ma'lum. Memory Technology Central Asia kompaniyasi "Combo" qoСshimchali MSI 35 Platinum sistemali platasi yanada kuchaytirilgan variantini tanishib chiqishimiz uchun tahririyatimizga taqdim etdi.

MSI 35 Platinum Combo sistemali platasi (ishlab chiqaruvchining ichki raqami 7338) premium klassi mahsulotlariga kiradi, u Intel P35 Express chipsetiga asoslangan, plata nomidagi Combo qoСshimchasi esa xotiralar ikki turi DDR3/DDR2 bilan ishlashi mumkinligini anglatadi. 2007 yil oСrtalarida bozorda Intel 3x (kodli nomiBeartake) chipsetlari turkumi, shu jumladan Intel P35 Express chipseti ham paydo boСldi. U avvalgi avlod mashhur va mahsuldor iP965 turkumi avlodi oСrnini bosishi kerak edi. Intel P35 Express chipseti ba'zi imkoniyatlarini keltirib oСtamiz:
- "yangi" Celeron va Pentium turkumi prosessorlari hamda sistema shinasi 800/1066 MGs chastotasi bilan Core 2 Duo/Quad prosessorlari, shu jumladan sistema shinasi 1333 MGs chastotasiga ega kelajak modellar ishlashini ta'minlaydi,
- umumiy sigСimi 8 GB gacha (ECC siz) boСlgan 4 tagacha DIMM modullarini ishlashini ta'minlash bilan va Fast Memory Accoss hamda Flex Memory texnologiyalari bilan DDR-533/667/800 yoki DDR3 - 800/1067 ikki kanalli xotira kontrolleri - PCI Express x16 grafik interfeysi,
- yangi janubiy ICH9/R/DH koСprigigacha DMI shinasi (2 GB sekund oСtkazish qobiliyati bilan).

Avval mazkur chipset DDDR3 xotirasi ishini ta'minlamasligi e'lon qilingan edi. Bundan tashqari Intel P38 Express chipsetidan farqli ravishda PCI Express 2.0 yangi interfeysi ham yoСq, balki bugungi kunda standart hisoblangan PCI Express x16 (birinchi versiyasi) grafik interfeysi qoСllaniladi.

Biroq koСp hollarda boСlgani kabi sistemali plata ishlab chiqaruvchisi DDR3 xotirasi ishlashini amalga oshira oldi va uning bozorga ommaviy yetib kelishi xali faqat kutilayotgan boСlsa ham "premium" klassli mahsulot uchun yangi turdagi xotira ishini ta'minlash - bu yaxshi koСrsatkichdir. Shu bilan birga ushbu platada PCI Expressx16 ikkita sloti oСrnatilgan.

Platada Intel Ѓ Core Quad/ Core 2 Duo prosessorlari uchun LGA 775 raz'yomlari oСrnatilgan va FSB 1333/1066/800 sistemali shinalari bilan LGA 755 korpusida Intel ЃYorkfield, Wolfdate prosessorlari ishlashi amalga oshiriladi. P35 Platinum Combo sistemali platasi DDR3 SDRAM xotira yangi standarti bilan mos keladi. Ma'lum turdagi OZU sistemasi tarkibida muvaffaqiyatli ishlashi uchun DDR2/DDR3 Turbo Card kengaytirish maxsus DIMM-modullari jamlovchi toСplamga kiritilgan. Agarda masalan, DDR3 xotirasini oСrnatish kerak boСlsa, unda DDR2/DDR3 Turbo Card moduli DDR2-1 birinchi DImm-bankiga oСrnatilishi kerak boСladi.

DDR2 xotira moduli qoСllanilganda platada DIMM DDR3-1 kabi belgili birinchi DIMM-bankka oСrnatish kerak. Bularning barchasi ishlab chiqaruvchining fikricha sistemaga oСrnatilgan modullar sonini va OZU umumiy sigСimi aniq belgilab olishga imkn beradi. Xotira maksimal sigСimi 8 Gbaytni tashkil etishi mumkin.

pic

MSI sistema platalari asosiy funksional qismlarini tashhis qilish va monitoringi boy sistemasi bilan ajralib turadi. P35 Platinum Combo sistemali plata mana shu barcha funksiyalarga ega. Platada funksional guruhlarga birlashtirilgan (MSI turminida - LED Status Indicators) svetodiodlar oСrnatilgan. Indikatorlar xotira modullari, video qoСshimcha sistemalari, PCI-E-platalar va kengaytirish PCI-platalari aniq oСrnatilgani va ishlashini koСrsatib turadi hamda POST-proseduralari oСtishi barcha bosqichlari toСgСrisida xabar berib turadi.

Endi xususan plataning tashqi koСrinishi va unda nimalar oСrnatilgani toСgСrisida. Plata ATX toСla kattaligiga ega va unda Circu-Pipe firma texnologiyasi boСyicha issiqlik trubkalaridan foydalanilgan janubiy va shimoliy koСpriklarni (biroq Intel termini boСyicha janubiy koСprik xab deb atalsa ham) kuchli sovutish sistemasi oСrnatilgan.

Platada haqiqatan ham koСp metall mavjud, biroq qimmat turadigan platadan emas, balki arzon boСlmagan misdan. Platani sovutish sistemasi toСrtta issiqlik trubkalari bilan birlashtirilgan toСrtta radiatorlardan iborat. Trubkalardan ikkitasi past qismida, ikkitasi esa yuqori qismida joylashgan. Trubkalari radiatorlari ikki xalqa koСrinishida egilgan, bu esa plataga yana ham yaxshi koСrinish beradi. Pastki qismdagi trubkalardan biri bir oz yalpoqlashtirilgan, bu issiqlik almashish maydonini oshiradi, u chipsetning janubiy koСprigini sovutuvchi kichik radiator asosidan issiqlikni yoСqotadi.

pic

Shimoliy koСprik radiatoridan pastki qism ikkinchi trubkasi prosessor quvvat olish toСrt sxemasi MOSFET tranzistorli qismiga oСrnatilgan radiatorga issiqlikni yoСnaltiradi. Mana shu raditordan yuqori qismi boСyicha oСtadigan trubkalar ulangan. Umuman olganda plataning sovutish sistemasi ancha murakkab va ishonchli. Shu bilan birga prosessorlar uchun katta kullerlar oСrnatish imkoniyati ham bor. MSI P35 Platinum platasi - bu (flagman) ilgСor model hisoblanadi, shuning uchun geymerlar va kompyuter ishqibozlariga moСljallangan. Buning uchun plata yetakchi foydalanuvchilar uchun zarur boСlgan maxsus xususiyatlariga ega. Sistema imkoniyatlari bilan tajribalar oСtkazish ishqibozlari va overlokerlarga CMOS sozlagichlarini nol holatiga keltiruvchi kichik tugmachasi (an'anaviy peremika(ulagich)lar oСrniga) hamda platada mavjud boСlgan svetodiodli indikatorlar juda soz keladi. Platadagi har bir PCI va PCI Express slotlari indikatorlariga ega, ular tegishli interfeys ishga tushganida yopib turadi (unga kengaytirish kartasi oСrnatilgan). Bundan tashqari platada quvvat indikatori (LED1, koСk) va Stand by rejimi indikatori (LED3, qizil) oСrnatilgan.

Plataning pastki qismida toСrt guruhni tashkil etuvchi sakkizta svetodiod indikatorlari (toСrtta qizil, toСrtta yashil) toСplami joylashtirilgan, ularning yopib turishi kombinatsiyasi POST proseduralari borishi toСgСrisida xabar qilib turadi. Sozlash va samarali sovutish sistemasidan tashqari plata komponentlari darajasida juda yuqori ishonchlilikka ega. MSI P35 Platinum platasida foydalanilgan barcha kondensatorlar qattiq jismli hisoblanadi, bu mazkur modelning ishonchliligi va uzoq vaqt xizmat qilishini ta'minlaydi.

Janubiy koСprik sifatida platada eng yangi IntelЃ ICh9R xabidan foydalaniladi, u quyidagi koСrsatkichlarga ega:
- 480 Mb/sekundgacha uzatish tezligiga ega yuqori tezlikdagi kontroller (Hi-Speed) USB (USB 2.0) CCCCC 12 tagacha portlar - 4/6 ta SATA II (ICh9/ICh9R) va uzatish tezligi 3 Gb/sekundgacha boСlgan portlar.
- - PCI Master v 2.3 1/0 APIC (ACPI 2.0 bilan mos keluvchi)
- Serial ATA RAID0, RAID 1, RAID 5 yoki SBOD (faqat ICh9R boСlganida)
- kiritilgan AHCI-kontrolleri.

Platadagi kengaytirish raz'yomlari
Ikkita PCI Express raz'yomlari (1x16 va 1x4 rejimlarida ishlaydigan) (PCI Express v 1.0a shinasi ishlashini, CrossFire texnologiyasi ishlashini ta'minlovchi. Ikkita PCI Express x1 raz'yomlari (PCI Express shinasi v 1.0a spesifikatsiyasi bilan mos keladi). Ikkita PCI v 2.3 32-bit Bus raz'yomlari (PCI shinasining 3.3v/5v versiyalari ishlashini ta'minlaydi).

Kiritilgan IDE-kontrolleri
MarvellЃ 88SEG111 chipsetiga kiritilgan bitta Ultra DMA66/100/133, IDE-kontrolleri
- PIO va BUS Master rejimlari ishini ta'minlovchi
- Ultra ATA ikkita qurilmalarini ulash imkoniyatlari, SATAII kontrolleri IntelЃ ICh9R va MarvellЃ 88SEG111 chipsetlariga kiritilgan.
- 300 MB/s ma'lumotlar uzatish tezligi ta'minlanadi
- ICh9 chipsetida 2 ta SATAII va 2cSATA portlari
- MarvellЃ 88SEG111 chipsetida 1 ta SATAII porti.

Audio RealtekЃ ALC 888/ALC 888 t audio kodeki
- Azalia 1.0 spesifikatsiyasi bilan ishlaydi.
- Kirish/chiqish raz'yomlarini keraklicha foydalanish bilan 8-kanalli audio.
- Microsoft Vista Premium spesifikatsiyasiga mos keladi.
- VoIP Cardishlashi ta'minlanadi (faqat ALC 888T uchun).
Tarmoq kartasi: 10/100/100 Fast Ethernet (Realtek 8111B) IEEE 1394 porti mikrosxemasi VIAЃ VT6308
- ikkita IEEE 1394 portlari ishlashi ta'minlanadi (orqa panelida x1, old paneliga olib chiqiluvchi x1)
- ma'lumotlar uzatish tezligi 400 Mb/s gacha.
Plata oСrnatilgan kirish/chiqish raz'yomlari
- 24-kont. ATX quvvat raz'yomi
- 4-kont. VGA quvvat raz'yomi
- 8-kont. ATX 12B quvvat raz'yomi
- Prosessor/ssistema x5 ventilyatorlari raz'yomi
- CD-In-konnektor
- Old paneli tovush raz'yomlari
- Old paneli indikatorlari va boshqaruv organlari ulash raz'yomi
- 1x konnektor SPDIF-out
- Korpus ochilishi datchigi raz'yomi
- 1x ketma-ket porti
- USB 2.0 uchta konnektori
- Floppi-diskovod uchun 1 ta raz'yom
- Serial ATAII 5 ta raz'yomlari
- ATA 133 qattiq disklari 1 ta konnektori
- 1 ta qoСshimcha port ishini ta'minlovchi (opsial) 1 ta IEEE 1394 raz'yomi
- Apparatli overlokingni ishga solish 2 ta tugmasi

pic

Orqa paneli kirish/chiqish portlari
- 1 ta PS/2 klaviatura
- 1 ta PS/2 sichqoncha
- 1 ta G-B-1 tovush raz'yomi
- 6 ta USB 2.0 portlari
- 1 ta RJ45 tarmoq raz'yomi
- 2 ta eSATA portlari (eSATA funksiyasi ishlashi tar'rifi Intel.ru saytida berilgan)\
- 1 ta IEEE 1394 porti
- 1 ta optik SPDIF out

BIOS Sistemali plata VIOSi "Plug & Play" rejimi ishlashini ta'minlaydi, u atrof qurilmalar va kengaytirish kartalarini avtomatik ayniqlaydi.

Sistemali plata Decktop Management Interface (DMI) funksiyasiga ega, u sistemali plata koСrsatkichlarini eslab qoladi. Plata toСplami ancha boy: qoСllanma, drayverlar va utilitlar bilan ikkita CD-diski; birinchisi Windows XP, ikkinchisi Windows Vista uchun, orqa panelida qopqogСi bor, toСrtta SATA-kabellari. IEEE1394 porti bilan plankasi, kompaniya belgisi va "Innovation with Style" shiori bilan FDD va IDE uchun firma qizil rangli shleyflari hamda SATA-qurilmalariga quvvat ulash uchun ikkita ulagichlari mavjud.

Jamlovchi toСplamida oСrnatish boСyicha plakat qoСllanma ham mavjud. Plataning oСzida raz'yomlar va pilotlar turli toСplamlari ham bor. Yakun yasab ushbu model kopyuter ishqibozlari va geymerlar uchun moСljallangan deb aytish mumkin. Plata standart PCI Express x16 grafik interfeysiga ega boСlishidan tashqari PCI Express x16 slotiga ham ega, u PCI Express Life deb ataladi va PCI Express x4 rejimida ishlaydi. Uning mavjudligi hisobiga MSI P35 Platinum ona platasi ATI CrossFIre texnologiyasi asosidagi ikkia videokartalar bilan ishlay oladi. Plata juda yaxshi sovutish sistemasi va boy jamlovchilariga ega. Plata 12 ta USb 2.0 portlari, FireWire portlari kontrollerlariga va firma ASIC MSI Core Cell tizimiga ega.

Bundan tashqari, tashqi panelga tashqi SATA qurilmalarini ulash uchun ikkita eSATA portlari chiqarilgan. Platani bajarilishi sifati va yigСishda foydalanilgan komponentlari sifati ham mana shu koСrsatkichlardan qolishmaydi. MSI P35 Platinum platasini yigСishda foydalanilgan barcha kondensatorlar qattiq jismli hisoblanadi, bu ushbu modelning katta ishonchliligini ta'minlaydi.

Umuman olganda, plataning narxi balandligi (taxminan 200 dollar) oСz narxiga toСla mos keladi. Bir soСz bilan aytganda Platinum.

SDRAM PQI ishlab chiqargan DDR2 va DDR3 xotira modullari
KoСpchilik foydalanuvchilar hatto eng mashhur sistemali platalar noma mashhur boСlmagan yoki ba'zi nomi mashhur boСlgan ishlab chiqaruvchilarning xotira modullari bilan aniq ishlamasliklari hollariga duch keladilar. Memory Technology Central Asia kompaniyasi OСzbekiston bozorlariga mashhur PQI kompaniyasi mahsuloti barcha turlarini yetkazib beradi va OСzbekistonga yetkazib berilayotgan PQI ishlab chiqargan DDR2 va DDR3 xotira modullari MSI sistemali platalari bilan har doim yaxshi ishlashini aytadilar. PQI kompaniyasi shaxsiy kompyuterlar serverlar hamda noutbuklar (SO-DIMM turidagi xotira moduli) uchun ham SDRAM modullarini ishlab chiqaradi. Aytgandek PQI kompaniyasi noutbuklar uchun 2 Gbaytgacha sigСimli DDR2-800 SO-DIMM xotira modullarini taklif eta boshladi.

pic

Shaxsiy kompyuterlar uchun esa kompaniya DRAM-xotira modullari ikki turlarini taklif etadi: Power Memory savdo belgisi bilan oddiy va TURBO MEMORY savdo belgisi bilan yuqori mahsuldor xotira modullari.

TURBO MEMORY xotira modullari xotira sistemasi maksimal tezlanishi muhim boСlgan kompyuter ishqibozlari (shu jumladan overlokerlar ham) uchun moСljallangan. Ushbu xotira modullari yuqori mahsuldorlikka va past patentlikka ega boСlib, juda ishonchli hisoblanadi. Ushbu seriyali xotira modullari radiator vazifasini bajaruvchi va issiqlikni yoСqotuvchi metall gСiloflarga joylanadi. Ushbu xotira modullari MSI P35 Platinum sistemali platasi bilan birga foydalanish uchun juda mos keladi. Shu bilan birga PQI xotira modullari ancha arzon turlaridan ham samarali foydalanish imkoniyati mavjud.

PQI Power Memory xotira modullari bizning bozorlarimizda eng katta talabga ega SDRAM xotira turlari hisoblanadi. Ular ishonchli va narxi arzon. PQI uch turdagi Power Memory xotira modullarini ishlab chiqaradi: DDR, DDR2 va DDR3. PQI Power Memory DDR2 xotira modullari qatorida DDR2-800 2 GB U-DIMM moduli eng mahsuldor hisoblanadi. U 6,4 Gbayt/s gacha oСtkazish qobiliyatiga va 2 Gbaytgacha sigСimga ega. Umuman olganda, MSI platalari va PQI xotiralari bir-biri uchun yaratilgan deb aytish mumkin.


 


 
     
Hosted by uCoz