Header image
free download programs
 
 
 
2007 yilning eng kuchli kompyuteri

pic

2007 yilda bo'lib o'tgan hodisalarni eslab har birimiz eng yorqin holatlarni esga olamiz. Kimdir o'z kompyuteri apgreydini qildi, kimdir faqat videokartani almashtirdi, kimdir shunchaki xotirasini kengaytirdi, eng baxtlilar esa o'z kompyuterlarini yanada zamonaviysiga almashtirdilar. O'tgan 2007 yil eng qudratli shaxsiy kompyuter qandayligiga yodimizda qolishi qiziqarli, qanday eng yaxshisini yig'ish mumkin edi, mana shundan boshlaymiz.

2007 yil High-End prosessorlari
Eng qudratli komponentlar va High-End modellari hozirgacha erishib bo'lmaydigan ko'rsatkich va texnik ko'rsatkichlar to'g'risida barchamiz xabardormiz. Ish joyi uchun kompyuterlar eng mukammal prosessori to'g'risida gapirsak, bu birinchi navbatda 45-nm texnologiyasi bo'yicha bajarilgan ishqibozlar va ekstremallar uchun Intel ning yangi ikki yadroli Intel®Core™ Extreme QX 9650. To'g'ri bu prosessor MDH davlatlari bozorlarida faqat 12 dekabrda taqdim etildi, shuning uchun bu prosessor faqat 2008 yil uchun deb aytsa bo'ladi.

pic

Intel platformasida 2007 yildagi eng ilg'or model deb Intel Core 2 Extreme QX 6800 to'rt yadroli prosessorini aytish mumkin, bu prosessor Kentsfield yadrosi asosida 65-nanometrli texnologik jarayondan foydalanib bajarilgan. U 2,93 GGs chastotada ishlaydi, ikkinchi darajali 8 Mb kesh-xotirasiga ega, bundan tashqari erkin yuqori ko'paytiruvchisiga ega, bu yuqori tezlashtirish imkoniyati belgisi hisoblanadi. Agarda juda ham yuqori - 1000 $ atrofidagi narxi bo'lmaganida edi overlokerlar uchun juda ma'qul bo'lar edi. AMD platformasida nima yangiliklar? Prosessorlar ishlab chiqarishda Intel ning doimiy raqibi AMD kompaniyasi 2007 yilda bozorda o'z mavqeini bir oz yo'qotgan bo'lsa ham (oxirgi bir necha yillarda bu yilni AMD uchun eng muvaffaqiyatsiz deb hisoblash mumkin).

Athlon 64 X2 6400+ (3.2 GHz, 125W, 2 MB total dedicated L2 cache, 2000 MHz, HyperTransport™ bus, socket AM2) ikki yadroli yuqori mahsuldor prosessorlari bilan o'z mijozlarini xursand qildi. Toliman kodli nomi ostida ma'lum bo'lgan to'rt yadroli AMD Phenom X4, ikki yadroli AMD Phenom X2 va uch yadroli AMD Phenom yangi prosessorlari to'g'risida gapirsak ular bozorda hozircha paydo bo'lgani yo'q.

Phenom va Barcelona prosessorlarida B2 reviziyasida TLB-xatosi aniqlanishi (B3 yadrosi reviziyasida xato bartaraf qilindi) sababli AMD kompaniyasi uchun murakkab vaziyat yuzaga kelganligi uchun bu prosessorlarni yetkazib berish muddatini yana orqaga surilishi va xaridorlarning qiziqishlarini kamaytirishi mumkin. Demak. Shunday qilib, shaxsiy kompyuterlar uchun 2007 yilda eng mahsuldor prosessor deb 4 yadroli Intel Core 2 Extreme QX 6800 prosessorlarini hisoblash mumkin.

Asosiy masala bu prosessor O'zbekistonli, hatto, eng talabchan foydalanuvchi uchun ham qancha turishidan iborat.

2007 yil High-End xotirasi
2007 yilda mahsu4ldor ish joyi sistemalarining SDRAM DDR2 xotirasiga ommaviy o'tishlari deyarli yakunlandi.

pic

Yanada mahsuldor xotiraning SDRAM DDR3 uchinchi avlodi ham paydo bo'lishga ulgurdi. Analitiklar DDR3 xotirasi haqiqatda katta hajmdagi savollari 2009 yil o'rtalaridan oldin kutilmasligini aytmoqdalar. Ishlab chiqaruvchilarning fikrlari bo'yicha DDR3 narxi bo'yicha DDR2 bilan tenglashadi.

Hozircha esa DDR3 xotirasining xissasi hatto 2008 yil bozorida ham 5-15 foizdan oshmaydi. DDR3 xotirasiga ehtiyojning ortishiga ikkita muhim omillar sabab bo'ldi: DDR3 bilan ishlashni ta'minlovchi kontrollerli mahsulotlar soni ortishi va narxining tushishi.

Hozirgi paytda Intel 45-nanometrli FSB shinasi 1333 MGs chastotasi bilan ikki va to'rt yadroli prosessorlarga mo'ljallangan. Yuqori mahsuldor sistemalar uchun DDR3 xotira bilan ishlaydigan P35 chipsetlarini yetkazib beradi.

Shaxsiy kompyuterlar, serverlar va keng doira uchun noutbuklar uchun DDR3 kontrollerlari bilan sistemali logika to'plamlari va prosessorlari keyingi yil ikkinchi yarmida paydo bo'lishi kutilmoqda. Shunday qilib, bugungi kunda shaxsiy kompyuterlar uchun DDR2 1066 MGs li modullarni eng mahsuldor xotira deb hisoblash mumkin.

2007 yil High-End videokartalari
Shaxsiy kompyuterlar uchun High-End klassdagi grafik prosessorlar ishlab chiqarilishida eng yangi grafik prosessor NVIDIA 680 (xotira shinasi: 384 bit (256 bit+128 bit); xotirasi hajmi: 768 Mb (512 Mb+256 Mb) asosidagi GeForce 8800 GTX videokartasini 2007 yil eng yaxshi videokartasi deb aytish mumkin.

pic

2007 yilda AMD grafik prosessorlari bilan eng mahsuldor videokartalar deb RV570 grafik prosessori asosidagi ATI Radeon X1950 Pro videokartasini ko'rsatish mumkin. GeForce 8800 GTX narxi ancha yuqori, lekin yil davomida ancha pasaydi, ATI Radeon X1950 Pro mahsuldorligi esa unchalik yuqori emas. Aynan shuning uchun SLI yoki CrossFire texnologiyasidan foydalanilgan sistemalar yaxshiroq hisoblanadi. NVIDIA ning SLI texnologiyasi va ATI CrossFire texnologiyasi bir ona platada o'rnatilgan ikkita videokartalar hisoblash quvvatlarini birlashtirishga imkon beradi. Tezligi bo'yicha barcha mavjud bittali videokartalardan ustun bo'lgan supermahsuldor videokartaga ega bo'lish zarur bo'lgan xollarda bir vaqtda ikkita videokartani qo'llash qiziqarli bo'lishi mumkin. Eng qizig'i, GeForce 8800 GTX narxi shunchalik qimmatki, ba'zan SLI rejimida ishlovchi ikkita GeForce 8600 GTS ikkita videokartasini o'rnatish arzon tushadi, bunday tashqari yana yuqoriroq mahsuldorlikka erishish mumkin bo'ladi. Shunday qilib, eng yaxshi karta to'g'risidagi fikrlar turlicha bo'ldi. Biz SLI rejimida ishlovchi ikkita ancha oddiyroq videokartalarni o'rnatish yaxshiroq deb o'ylaymiz.

2007 yil High-End qattiq disklari
2007 yil qattiq disklarda to'plovchilar tarixiga bir qattiq diskda 1 terabayt sig'imga erishish yili bo'lib kiradi. Baravariga to'rtta - Hitachi, Seagate, Wistern Digital va Samsung kabi ishlab chiqaruvchilar sig'imi 1 TB ga teng sig'imi bilan shaxsiy kompyuterlar uchun vinchesterlar yangi modellarini bozorga chiqardilar. Dunyoda birinchi bor bir plastinaga yozish zichligi 334 Gbaytga (Samsung) yetdi. Agarda bugungi kunda mahsuldor shaxsiy kompyuterlarda RAIDO rejimida ishlovchi ikki va undan ortiq qattiq disklar o'rnatilishini hisobga olsak.

pic

2007 yildagi eng yaxshi shaxsiy kompyuter qattiq disklar sistemasi juda tez ishlaydigan 2 tarabayt va undan ortiq sig'imdan iborat bo'ladi. Shaxsiy kompyuterlarda keng doirada DVD-RW optik diskovodlarini, yana ikki qatlamga yozish imkoniyati bilan DVD-R DL 9 Gbayt diskovodlar o'rnatilishini hisobga olmasak, bu yilning yutuqlari mana shulardan iborat.

Shunga qaramay, eng mahsuldor shaxsiy kompyuterni yig'ish to'g'risida gapirganda bozorlarimizdagi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqish kerak. Shuning uchun mamlakatimiz bozorlarida haqiqatan sotib olish mumkin bo'lgan jamlovchilardan eng mahsuldor kompyuter dunyodagi ishlab chiqaruvchilar taqdim etgan eng mahsuldor va topologik komponentlardan iborat bo'lmaydi.

pic

2007 yilda bizning bozorlarimizda eng mahsuldor va arzon bo'lgan shaxsiy kompyuter sifatida biz Navigator Intel Core 2 Duo E6750, 2666 MHz/ 4 GB DDR2 800/ HDD 2 TB (2xHDD 1 TB RAIDO)/ 2 x NVIDIA GeForce 8600 GTS (256 Mb) SLI modelini taklif etamiz. Bu modelni tanishib chiqish uchun tahririyatimizga Memory Technology Central Asia kompaniyasi taqdim etdi.

2007 yilning eng qudratli shaxsiy kompyuteri
Gapni ushbu kompyuterda Intel Core 2 Duo E6750 prosessori, takt chastotasi 2666 MGs, L2 xotirasi 4 GB sig'imga ega ekanligidan boshlaymiz. Ushbu prosessor FSB 1333 MGs shinasiga ega va o'z klassida eng yaxshilardan biri hisoblanadi, shu bilan birga Intel Core 2 Extreme QX 6800 kabi qimmat turadi, uning narxi ming dollardan ozgina arzon. Ushbu prosessor 65-nanometrli ishlab chiqarish texnologiyasi bo'yicha tayyorlangan, bir prosessorda ikkita ishchi yadrosiga ega va ancha yangi Conroe yadrosiga asoslangan.

Prosessor potokli SIMD-kengaytirishlar 3 (SSE3) va SSSE3 to'plamlari ishlashini ta'minlaydi. Navigator kompyuterida MSI P6N SLI V2 sistema platasi o'rnatilgan. Ushbu plata NVIDIA® nForce 650i SLI (C55)+ janubiy ko'prik NVIDIA® nForce 430i (MCP51) kuchli chipsetiga asoslangan.

FSB 1333/1066/800/533 MGs shinalari bilan Intel® Core 2 Quad, Core 2 Duo, P4, P4EE, Pentium D, Pentium XE prosessorlari uchun LGA775 raz'yomi ta'minlanadi (FSB 1333MHz faqat E6x50 prosessorlari bilan ta'minlanadi). Bundan tashqari Intel EIST va Intel® Hyper-Threading texnologiyalari ishlashi ham ta'minlanadi. DDR2DIMM modullari uchun to'rtta 240-kont./1.8V raz'yomdan foydalanuvchi DDR2 533/667/800, ikki kanalli xotira arxitekturasi ishlashi ta'minlanadi. Ta'minlanadigan maksimal xotira hajmi 8 GB, uni to'rtta slotlarga o'rnatish mumkin.

Kengaytirish raz'yomlari
Ikkita PCI Express x16 raz'yomlari (PCI Express v1.0a shinasi ishi ta'minlanadi)
- bu ikki raz'yomlar PCIE x8 rejimida SLI texnologiyasini ta'minlaydi.
- ikkinchi PCI Express (PCI_E4) raz'yomi faqat PCI Express x8 rejimini ta'minlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.
- ikkinchi PCI Express 16 (PCI_E4) raz'yomi SLI rejimiga o'rnatilgan faqat grafik karta ishlashini ta'minlaydi.

Ikkita PCI Express x1 raz'yomi (v1.0a spesifikasiyasi bilan moslashtirilgan PCI Express shinasi). Ikkita PCI v2.3 32-bit Bus sloti (PCI shinasining 3.3v/5v versiyalari ishini ta'minlaydi.

Kiritilgan IDE-kontrolleri
- NVIDIA® nForce 430i chipsetiga kirilgan bitta IDE-kontrolleri, PIO, Bus Master va Ultra DMA
133/100/66 rejimlarida IDE HDD/CD-ROM qurilmalari ishini ta'minlaydi
- to'rttagacha IDE-qurilmalarini ulash imokniyati mavjud.

Kiritilgan SATA-kontrolleri
- nForce 430i to'rtta SATAII (SATA 1-4) portlarini ta'minlaydi
- ma'lumotlarni uzatish tezligi 300 Mb/sekundgacha.

NV RAID
- to'rttagacha SATA-qurilmalarini ta'minlaydi
- RAIDO 0, 1, 0+1 yoki JBOD ta'minlanadi
- RAID funksiyasi 8 qurilmalar ishlashini ta'minlaydi.

pic

Videokartaga ega bo'lish zarur bo'lgan vaqtda ikkita videokartani qo'llash qiziqarli bo'lishi mumkin. Eng qizig'i, GeForce 8800 GTX narxi shunchalik qimmatki, ba'zan SLI rejimida ishlovchi ikkita GeForce 8800 GTS ikkita videokartasini o'rnatish arzon tushadi, bundan tashqari yana yuqoriroq mahsuldorlikka erishish mumkin bo'ladi. Shunday qilib, eng yaxshi karta to'g'risidagi fikrlar turlicha bo'ldi. Biz SLI rejimida ishlovchi ikkita ancha oddiyroq videokartalarni o'rnatish yaxshiroq deb o'ylaymiz.

2007 yil High-End qattiq disklari
2007 yil qattiq disklarda to'plovchilar tarixiga bir qattiq diskda 1 terabayt sig'imga erishish yili bo'lib kiradi. Baravariga to'rtta - Hitachi, Seagate, Wistern Digital va Samsung kabi ishlab chiqaruvchilar sig'imi 1 Tb ga teng sig'im bilan shaxsiy kompyuterlar uchun vinchesterlar yangi modellarini bozorga chiqardilar. Dunyoda birinchi bor bir plastinaga yozish zichligi 334 Gbaytgacha (Samsung) yetdi. Agarda bugungi kunda mahsuldor shaxsiy kompyuterlarda RAIDO rejimida ishlovchi ikki va undan ortiq qattiq disklar o'rnatilishini hisobga olsak, 2007 yildagi eng yaxshi shaxsiy kompyuter qattiq disklar sistemasi juda tez ishlaydigan 2 Terabayt va undan ortiq sig'imdan iborat bo'ladi.

Shaxsiy kompyuterlarda keng doirada DVD-RW optik diskovodlarini, yana ikki qatlamga yozish imkoniyati bilan DVD-RDL 9 Gbayt diskovodlar o'rnatilishini hisobga olmasak, bu yilning yutuqlari mana shulardan iborat. Shunga qaramay, eng mahsuldor shaxsiy kompyuterni yig'ish to'g'risida gapirganda bozorlarimizdagi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqish kerak. Shuning uchun mamlakatimiz bozorlarida haqiqatan sotib olish mumkin bo'lgan jamlovchilardan eng mahsuldor kompyuter dunyodagi ishlab chiqaruvchilar taqdim etgan eng mahsuldor va topologik komponentlardan iborat bo'lmaydi.

2007 yilda bizning bozorlarimizda eng mahsuldor va arzon bo'lgan shaxsiy kompyuter sifatida Navigator Intel Core 2 Duo E6750, 2666 MHz/4 GB DDR2 800 / HDD 2 TB (2xHDD 1 TB RAIDO) / 2 x NVIDIA GeForce 8800 GTS (256 Mb) SLI modelini taklif etamiz. Bu modelni tanishib chiqish uchun tahririyatimizga Memory Technology Central Asia kompaniyasi taqdim etdi.

2007 yilning eng qudratli shaxsiy kompyuteri
Gapni ushbu kompyuterda Intel Core 2 Duo E6750 prosessori, takt chastotasi 2666 MGs, L2 xotirasi 4 GB sig'imga ega ekanligidan boshlaymiz. Ushbu prosessor FSB 1333 MGs shinasiga ega va o'z klassida eng yaxshilardan biri hisoblanadi, shu bilan birga Intel Core 2 Extreme QX6800 kabi qimmat turadi, uning narxi ming dollardan ozgina arzon. Ushbu prosessor 65-nanometrli ishlab chiqarish texnologiyasi bo'yicha tayyorlangan, bir prosessorda ikkita ishchi yadrosiga ega va ancha yangi Conroe yadrosiga asoslangan. Prosessor potokli SIMD-kengaytirishlar 3 (SSE3) va SSSE3 to'plamlari ishlashini ta'minlaydi.

pic

Ikkita PCI Express x1 raz'yomi (v1.0a spesifikasiyasi bilan moslashtirilgan PCI Express shinasi). Ikkita PCI v2.3 32-bit Bus sloti (PCI shinasining 3.3v/5v versiyalari ishini ta'minlaydi).

Kiritilgan IDE-kontrolleri
- NVIDIA® nForce 430i chipsetiga kiritilgan bitta IDE-kontrolleri, PIO, Bus Master va Ultra DMA 133/100/66 rejimlarida IDE HDD/CD-ROM qurilmalari ishini ta'minlaydi.
- to'rttagacha IDE-qurilmalarini ulash imkoniyati mavjud.
Kiritilgan tarmoq kartasi Vitess® VSC 8001 yordamida 10/100/1000 Fast Ethernet ni ta'minlaydi.
Platada o'rnatilgan kirish/chiqish raz'yomlari.
- ATX quvvatini 24-kont. raz'yomi
- ATX 12 V quvvatli 8-kont. raz'yomi
- prosessor /x3 sistemasi ventilyatorlari raz'yomi.
- 1xMSI D-Bracket 2 ta kollektori
- CD-1 konnektori
- old paneli ovoz raz'yomi
- old paneli indikatorlari va boshqaruv organlari uchun raz'yomlar.
- SPDIF-out konnektori
- 4 ta qo'shimcha portlarni ishlashini ta'minlash uchun 2 ta USB 2.0 konnektorlari.
- floppi-diskovod uchun 1 ta raz'yomi
- 4 ta Serial ATA raz'yomlari
- ketma-ket port konnektori
- ATA 133 qattiq disklari 2 ta raz'yomi
- korpus ochilishi datchigi raz'yomi
- CMOS tozalash tugmasi

Orqa paneli kirish/chiqish portlari
- 1 ta parallel port
- 1 ta PS/2 klaviatura uchun
- 1 ta PS/2 ta sichqon uchun
- 1 ta 5 tasi 1 tada tovush raz'yomi
- 1 ta USB 2.0 porti
- 1 ta RJ 45 tarmoq raz'yomi

Plata bir vaqtda NVIDIA® CPU si bilan ikkita videokarta ishlashi rejimini ta'minlaganligi sababli (SLI texnologiyasi) jamlovchi to'plamga SLI rejimida ishlash paytida videokartalarni o'zaro ulash uchun ko'prik deb ataluvchi yoki Multi-GPU SLI Video Link Card ham kiritiladi.

Kompyuter to'plamiga zarur drayverlar va firmaning utilitlari, jumladan Dual Core Center va DOT Express (kulerlar aylanishi tezligini, tezlashtirish va boshqalarni monitoring qilish, boshqarish uchun) va Live Update (drayverlar utilitalarni izlash va yangilash va Internet orqali BIOSni proshivka qilish uchun) utilitlari bilan kompakt-disk ham kiritilgan. Ushbu plata eng zamonaviy prosessorlar bilan ishlay olishi (shu jumladan FSB 1333 MGs) tezlashtirish bo'yicha yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lgani (overloking) va bir vaqtda ikkita videokartalar bilan ishlash uchun NVIDIA® SLI texnologiyasini ta'minlagani uchun kompyuter ishqibozlari va professional geymerlarga mo'ljallangan deb hisoblash mumkin. NVIDIA® nForce 430i (MCP51) janubiy ko'prigida RAID 0, 1, 0 + kiritilgan kontrolleri mavjudligi ushbu plata asosida yig'ilgan sistemaning mahsuldorligini va ishonchliligini yanada oshiradi. NVIDIA chipsetlarida bu bugungi kunda eng yaxshi MSI sistema platasidir (NVIDIA® nForce 680i SLI chipsetlarida yig'ilgan modellarni hisobga olmasak).

Platada har biri 1 Gbayt sig'imli to'rtta PQISDRAM DDR2 xotira modullari o'rnatilgan. Xotira ikki kanalli rejimida ishlaydi. Plata 2 Gbaytli DDR2 modullari bilan xotirani 8 Gbaytgacha kengaytirishga imkon beradi.

Platada SLI rejimida ishlaydigan ikkita Axle GeForce 8600 GTS PCI-E DDR3 videokartalari o'rnatilgan. Ko'prik qoida bo'yicha videokartalardan yuqoriga o'rnatilgan va ishonchli bo'lishi uchun maxsus metall plastinkasi bilan ushlab turiladi. Ikkala plata ham tashqi qo'shimcha quvvat olish imkoniga ega.

Ushbu videokartalar NVIDIA® GeForce 8600 GTS (kodli nomi 684) prosessorlariga asoslangan. Cho'qqilar va piksellarni (potokli) oqimli ishlab chiqish uchun umumiy prosessorlar massivi bilan unifikasiyalashtirilgan arxitekturasiga ega. apparatli ta'minlashga ega, shu jumladan yangi - Shader Model 4.0 sheyderli modeli, sheyderdan aroliq ma'lumotlarni yozish va geometriyasini generasiyalash, 128-bit xotira shinasi, 64-bitli kenlik bilan ikkita mustaqil kontrolleriga ega.

GeForce 8600 GTS grafik prosessori , 80-nm texnologik jarayonli, chastotasi 1000(2000) MGs, GDDR-3 256 Mb xotira, 128 bitli shina xotirasiga ega GSU-300 chipi modifikasiyasidan iborat, qo'shimcha quvvat manbai talab etiladi, chiqish raz'yomlari 2xDVI+TV chiqishdan (HDTV) iborat. Platada 2000 MGs li DDR3 256 Mb videoxotirasi o'rnatilgan. Grafik prosessorning ishchi chastotasi 675 MGsni tashkil qiladi.

Videokartalar o'yinlar uchun qudratli shaxsiy kompyuterlarni yig'ish uchun mo'ljallangan. SLI texnologiyasi bo'yicha ikkita videokartalardan foydalanganda esa eng mahsuldor o'yin uchun shaxsiy kompyuterlarni yig'ishda narx-mahsuldorligi nisbatlari bo'yicha eng munosib yechim hisoblanadi.

Navigator shaxsiy kompyuterlari qattiq disklar sistemasi har biri 1000 MB yoki deyarli 2 terabayt sig'imli Samsung HD 103UJ ikkita disklaridan tashkil topgan RAID-massivlaridan iborat. Nima uchun deyarli? Chunki ishlab chiqaruvchi qattiq disklar sig'imini odatdagidek 1024 megabaytlarda emas, balki minglikda ko'rsatadi. Lekin shunday bo'lsa ham qattiq diskning sig'imi va ayniqsa uning mahsuldorligi juda baland.

HD 103UJ qattiq diski dunyoda plastinaga yozish eng yuqori zichligiga - 334 GB zichlikka ega. Mana shuning hisobiga u atigi uchta magniy plastinalarida bajarilgan, shuning hisobiga ko'pincha shunday sig'imga erishish uchun to'rt-beshta disklardan foydalaniladigan raqobatchi sistemalarga qaraganda ancha yuqori ishonchlilini ta'minlaydi. Serial ATA interfeysi bilan yangi 3-dyuymli Samsung FI Series qurilmasi shaxsiy videomagnitofonlar, kompyuterlar va tashqi axborotlar jamlovchilari uchun juda yuqori sig'imli yechim sifatida ishlab chiqilgan.

Samsung FI Series qattiq disklariga kiruvchi HD 103UJ modelida akustik shovqin, issiqlik ajratilishi va ishonchligi bo'yicha o'z klassida eng yaxshi ko'rsatkichlarni ta'minlovchi qator firma texnologiyalari qo'llanilgan.HD 103UJ diski minutiga 7200 marta aylanish tezligiga, Serial ATA 300 interfeysiga ega va 32 Mbayt keshi to'la sig'imi bilan ta'minlangan. Barcha ishlab chiqaruvchilarning (Hitachi, Seagate, Western Digital va Samsung) terabaytli modellari ishtirok etgan obro'li internet-nashriyotlar tomonidan o'tkazilgan testlar natijasida www.thg.ru aynan Samsung HD 103UJ qattiq diski eng yuqori mahsuldorlikni ko'rsatdi.

Test sinovlari natijalari berilgan maqola ham "Spipoint F1: Samsung yetakchilikni qo'lga kiritdi" deb ataladi (www.tgh.ru Dmitriy Chekanov, 2007 yil 27 noyabr).

Qattiq diskning maksimal o'tkazish teligi 118 Mbaytni tashkil etadi, bu Seagate ning maksimum 100 Mbayt/sekundidan 18 % ga ko'proqdir, o'qish va yozishdagi o'rtacha va minimal o'tkazish qobiliyati ham yuqori bo'lib chiqdi.

WO Cavich GP bilan solishtirganda Samsung ning yangi Spipoint F1 dasturiy ta'minoti taxminan uchdan bir kattalikda o'tkazish qobiliyatini beradi. Samsung HD 103UJ modeli NCQ (Native Command Queuing) qattiq disklar va kontroller uchun komandalar oqimini boshqarish texnologiyasini ta'minlashini qo'shimcha qilishimiz qoldi. U Serial ATA (S-ATA) komandalar kengaytirilgan protokoli hisoblanadi.

Ushbu texnologiya vinchesterlarga prosessor yo'llagan baravariga bir necha so'rovlarni ishlab chiqishga imkon beradi va shu bilan birga maksimal tez ishlashiga erishishli uchun ularni bajarilish tartibini aniqlaydi. Shunday qilib, NCQ ta'minlanishi bilan qattiq disklar sistemaning umumiy mahsuldorligini oshiradi.

Optik diskovodlar to'g'risida qisqacha ma'lumotlar
Kompyuterda Line-on48X 20X/16X 16xE-IDE DVD Burner DH-18173 P Retaie modeli DVD-RW optik diskovodi o'rnatilgan. Ushbu model ATAPI/E-IDE interfeysi bilan ichki aralash yarim balandlik privodidan iborat. Quyidagi turdagi jamlovchilar ishlashini ta'minlaydi: DVD+R/ DVD+RW/ DVD-R/ DVD-RW/ DVD+R9/ DVD-R9/ DVD-RAM/ DVD-ROM/ CD-R/CD-RW/CD-ROM. Double Layer DVD+/-R9 turdagi jamlovchidan yozish funksiyasi ta'minlangan.

Diskovod ma'lumotlar almashish buferini bo'shatish xatolarini oldini olish, yozish strategiyasini avtomatik tanlash uchun SMART-BURN funksiyasiga ham ega va lazer nurini quvvatini dinamik boshqarish prokich eng yaxshi sifatini ta'minlaydi. SMART-X funksiyasi ma'lumotlar so'ralishi tezligi va disk sifati asosida belgilanadigan CD-DA/VCD/DVD turdagi jamlovchilardan ma'lumotlarni o'qish maksimal mumkin bo'lgan tezligidan foydalanadi.

ARS sistemasi o'qish va yozishda shovqin va silkinish darajasini kamaytiradi. Paketli yozish ta'minlanishi amalga oshiriladi (paketning qayd etilgan va o'zgaruvchan uzunligi bilan). Yozish ta'minlanadigan rejimlari: "bir martada bir dorojka" (TAO), "bir martada seans" (SAO) va "bir martada bir disk" (DAO).

Funksiyalari: ixtiyoriy ulanish vaqti, Incremental, ketma-ket yozish, Layer Jump yozish metdi, ishlab chiqmay yozish rejimi va "ortiqcha yozish" rejimi. O'qish bo'yicha mos keladigan DVD-jamlovchilari: DVD bir qatlamli/ikki qatlamli (PTP/OTP), DVD-R (3,9 GB/4,7 GB), DVD-R multiborders, DVD-RAM, DVD+R, DVD+R multisessions, DVD-RW va DVD+RW.

Ma'lumotlarni uzatish ta'minlanadigan metodi: P104, DMA 2 va Ultra DMA 4 rejimlari. Shunday qilib, optik diskovodi eng zamonaviy, ishlab chiqaruvchisi esa dunyoda eng mashhur. Ushbu modelda USB va audio portlari old paneliga olib chiqilgan. Chap yon tomon devorida qo'shimcha ventilyator bor va yana ikkita qo'shimcha ventilyatorlar o'rnatish imkoniyati mavjud. Aslida bir ventilyator o'rnatilgan. Korpusi devorlari ancha qalin va ishlash paytida silkinmaydi. Yig'ilgan holatida korpus juda past Impedans (sovutish havosini yo'naltirishga qarshilik) deb ataluvchi ko'rsatkichi juda pastligiga alohida e'tibor qaratmoqchimiz. Jamlovchilari ikki to'plamda o'rnatilganligiga qaramay (prosessorda ikkita yadro, DRAM DDR2 800 tezkor xotira to'rtta moduli, ikkita videokarta, ikkita vinchester) korpus ichida barcha shleyflari ixcham joylashgan, jgutlar bilan tortilgan va korpusga mahkamlangan, shuning uchun hech narsa osilib turmaydi va havoni sovutishga to'sqinlik qilmaydi. Elementlarini yig'ish hech bir kamchiliklarsiz bajarilgan.

Kompyuterdan umumiy yaxshi taassurotga Delux DLK-8000 klaviaturasi jamlovchi qismlarga kirishi yoqimli qo'shimcha hisoblanadi. Klaviaturaning bu multimediali modeli 40 dan ortiq qo'shimcha funksional tugmalariga ega bo'lib ular orasida ofisda ishlash uchun maxsus tugmalar mavjudligidan tashqari kiritilgan sichqonchasiga ham ega. umuman olganda haqiqiy geymer (bu kompyuter esa birinchi navbatda geyming uchun mo'ljallangan) har doim klaviaturani o'zi tanlaydi va unga "ofis" tugmalari yoki kiritilgan sichqoncha kerak emas.

pic

Yakun yasar ekanmiz, bizga taqdim etilgan jamlovchilari bilan Navigator kompyuteri O'zbekistonda 2007 yil eng mahsuldor shaxsiy kompyuteri deb aytishimizga imkon beradi. Yuqori mahsuldor komponentlari bilan bunday kompyuter yordamida kompyuter o'yinlari haqiqiy sportga aylanadi.



 

 
 
     
Hosted by uCoz