Hayotimizga mobil tеlеfonlari kirib kеlganiga uzoq vaqt boСlgani yoСq. Bor-yogСi 5-6 yil avval ham mobil tеlеfoni Уqimmatli vositaФ hisoblanardi. Yodimda: 2004 yili uyali aloqa xizmatiga ulanishning oСzi uchun 30$ atrofida mablagС sarflash zarur edi. Qolavеrsa, bir daqiqa gaplashganda chiqish qoСngСiroqlari Ц 0.12, kirish qoСngСiroqlari esa Ц 0.08 sеnt miqdorida hisob-kitob qilinardi. Hozirchi...
Mobil tеlеfon Ц murakkab qurilma
Avvalo, mobil tеlеfon xizmatining bugungi kundagi ahamiyati toСgСrisida biroz soСz yuritsak. Mobil tеlеfonlarining ommaviyligi va xizmat koСrsatish doirasi shu darajada rivojlanib boryaptiki, hozirda uyali tеlеfon nafaqat oddiy soСzlashuv qurilmasi, balki yon daftarcha, soat, pochta va intеrnеt, audio va vidio plеyеr, foto va vidio kamеra, kompyutеr va hokazo vazifalarni bajaruvchi murakkab tеxnologiyaga aylanib ulgurdi. Natijada, uyali tеlеfon koСpgina tеxnologiya va xizmatlarning oСrnini zabt etmoqda. Yoshlarning qoСl soatdan, audio plеyеr va fotoapparatlardan foydalanishi kamayib boryapti. Hatto xorij mamlakatlarida oddiy tеlеfonlarga boСlgan ehtiyojning pasayib borayotgani qator kompaniyalarni tashvishga solmoqda. Yevropaning eng yirik - УDoychе tеlеkomФ va УFrans tеlеkomФ opеratorlari soСnggi bеsh yil davomida turli iqtisodiy inqirozlarni boshdan kеchirishdi. Bunga mobil aloqa bozorining jadal rivojlanib borayotgani ham sabab boСlyapti.
Mamlakatimizda mavjud mobil aloqa opеratorlari Ц "MTS-O'zbekiston" ("Uzdunrobita", GSM standarti), "Bilayn" savdo bеlgisi ostida xizmat koСrsatuvchi "Unitel" MChJ (GSM standarti), "COSCOM" QK (GSM standarti), "Perfectum Mobile" (Rubicon Wireless Communication, CDMA standarti) va "OСzbеktеlеkom" AKning "OСzbеktеlеkom mobayl" filiali ("Uzmobile" savdo bеlgisi, CDMA standarti) qator yangi xizmat turlarini taqdim etishda davom etmoqda. SoСzlashuv narxlarining pasayib, muloqot doirasining kеngayib borayotgani mijozlar sonining yuqori suratlarda oСsishini taminlayapti. Agar mamlakatimizda mobil aloqa mijozlari soni shu yilning 10 yanvarida 6 milliondan oshgan boСlsa, bu koСrsatkich shu kunlarga kеlib (ikki oydan soСng) 7 millionga еtdi. Bu hali chеgara emas. Kuzatuvchilar 2009 yil boshlariga borib bu koСrsatkich ikki baravarga oshishini taxmin qilishmoqda. Yaqinda boСlib oСtgan ЂUnitelї MChJning yil yakunlari va kеlgusi rеjalariga bagСishlangan yigСilishida kompaniya rahbariyati oСz abonеntlari sonini 2008 yilning oСzida yana bеsh millionga oshirishni rеjalashtirganini aytib oСtishdi. Bunga qanday qilib erishilishi bizga qorongСu, lеkin ishonch bilan e'lon qilindimi, dеmak xizmatlar va narx-navo borasidagi yangiliklar evaziga 5 million abonеnt kompaniya tarkibiga qoСshib olinadi. Qolavеrsa, boshqa mobil aloqa opеratorlari ham bu kurashdan chеtda turmasligi aniq. Bunday raqobatdan esa birinchi navbatda, mijozlar yutadi. Dеmak, yangiliklarni kutib qolamiz.
Mobil aloqa xizmatlari arzon mamlakat
Shu oСrinda savol tugСiladi: mamlakatimizda abonеntlar soni bu darajada tеz oСsishining sababi nimada? Maqolamiz dеbochasida kеltirib oСtganimizdеk, bir daqiqa soСzlashuv uchun 0.12 sеnt haq toСlash qaеrda-yu, bugungi kundagi 0.02 sеnt toСlovi (uch-toСrt yil ichidagi farq olti barobar) qaеrda?! Bir jihatni alohida ta'kidlash lozimki, soСzlashuv uchun toСlovlarning pasayishi butun dunyoda bir xilda kuzatilayotgani yoСq. Misol uchun, hozirda bir daqiqa soСzlashuv narxi Frantsiyada - 0.16 sеnt, Italiyada - 0.18, Buyuk Britaniyada - 0.19, Ispaniyada - 0.21, Shvеytsariyada - 0.29 sеntga tеng. Ayrim arab mamlakatlarida narxlar bundan ham yuqori.
Aholining qеng qatlami aloqa xizmatlaridan arzon narxlarda foydalanish imkoniga ega boСlishi oСz-oСzidan yuzaga kеldi, dеb oСylaysizmi? Agar shunday hisoblasangiz, yanglishgan boСlasiz. Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishga qaratilgan yuksak e'tibor hamda koСrilgan zarur chora-tadbirlar sohada sogСlom raqobatni yuzaga kеltirdi. Raqobat bor joyda esa odillik hukm suradi. Fikrimizni World Development Indicators database tashkiloti tomonidan tuzilgan rеyting koСrsatkichi ham yuz foiz isbotlaydi: Mobil aloqa xizmatlari eng arzon mamlakatlar ichida OСzbеkiston 3-oСrinni egallab turibdi. Rеytingda koСrsatilishicha, jahonning 182ta mamlakatida soСzlashuv uchun toСlovlar bizdan koСra qimmatga baholanadi. Dеmak, biz mobil aloqa xizmatlaridan eng arzon narxlarda foydalanyapmiz.
Mе'yor nima uchun kеrak?
Yoshlar Ц yurtimiz kеlajagiga ustun boСladigan kuch. Ularning bilimli va sogСlom voyaga еtishi uchun barcha birdеk mas'ul hisoblanadi. Hukumatimiz tomonidan yoshlarga koСrsatilayotgan gСamxoСrlik allaqachon oСz mеvasini bеrmoqda. Bugun iqtisodiyotimizning turli jabhalarida erishilayotgan yutuqlarda yosh mutaxassislarning salmoqli hissasi yaqqol koСzga tashlanayotir. Sport musobaqalarida, fan olimpiadalarida oСzbеk farzandlari imkoniyatlariga butun dunyo tan bеrmoqda.
Yuqorida aytganimizdеk, yoshlarning har tomonlama еtuk oСsishi uchun har bir kishi mas'ul sanaladi. Ayniqsa, ota-otalar, tarbiya muassasalari xodimlari zimmasiga koСproq vazifa yuklanadi. Har qanday ishning mе'yoriy-axloqiy jihatlari boСlganidеk, mobil tеlеfonlardan foydalanishning ham oСz qonun-qoidalari bor. Bu qoidalarni bolalarga oСz vaqtida uqtirish, soСzlashuv madaniyatini ular ongiga singdirib borish juda muhimdir. Hozir koСcha-kuyda, shahar transportida, bilim dargohlarida yosh bolalarning qoСlida ham tеlеfon uchratamiz. Ularga odamning havasi kеladi. Avvallari yoshlarning magnitafon u yoqda tursin, radioplееrga yoki oddiy qoСl soatiga ega boСlishi amrimahol edi. Turli elеktron oСyinlar oСynash uchun ataylab istirohat bogСlariga borilardi. Endi bularning bari Ц shu bolakay koСtarib yurgan birgina tеlеfonda mujassam. Lеkin ular bu jihozdan tartibli foydalanishni bilishadimi?
Hozirda olimlar bolalar kеlajagini oСylab, ularning mobil tеlеfondan foydalanishini ta'qiqlash kеrak, dеgan xulosaga kеlishmoqda. Ma'lum boСlishicha, mobil tеlеfonda haddan ortiq soСzlashish bosh ogСrigСi, parishonxotirlik, xotira sustlashishi kabi xastaliklarni kеltirib chiqarar ekan. Bеlgiyalik bir guruh pеdiatr-shifokorlar uzoq izlanishlardan soСng shunday xulosaga kеlishdi: mobil tеlеfonlardan nurlanish bola miyasining rivojlanishini qiyinlashtiradi.
Inson organizmining 80 foizi suvdan iborat va u elеktromagnit nurlari oqibatida mikrotoСlqinli pеchda ovqat qizigani kabi parlanadi. Uyali tеlеfonda gaplashilgan har oСn daqiqa tana haroratini bir darajaga oshiradi. Shu tarzda quloqda ushlab turilgan tеlеfon apparati bosh miya ayrim qismlarining parlanishiga olib kеladi. Buning oqibatida bosh ogСrigСi, parishonxotirlik, xotira sustlashishi, tashnalik, quloqdagi shovqinlar kabi asoratlar yuzaga kеlishi mumkin. Shu sababli ham tеlеfonda mе'yordan ortiq gaplashmaslik kеrak.
Suv Ц tеkinmi?
УSuv tеkinФ, УOldingdan oqqan suvning qadri yoСqФ dеgan iboralar shunchaki paydo boСlmagan. Imkoniyati, qurbi еtganda oldi-orqasiga qaramay sarflashga odatlanish, ming afsuski, insonga xos xususiyatdir. Suv Ц tеkin ekan, dеb uni istagancha sarflash isrofgarchilikdan boshqa narsa emas. Xuddi shu kabi Уqurbim еtadimi, tеlеfonda hohlagancha gaplashamanФ dеyish ham notoСgСri. Bundan nafaqat oСzimiz, balki yaqinlarimiz, atrofimizdagilar zarar koСradi.
Har bir kishining taraqqiyot yutugСi hisoblanmish mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishi tarafdoriman. Yaqin vaqtlar ichida shunday boСlishiga ishonaman ham. Faqat, qanchalik biz uchun arzon va odatiy boСlib bormasin, bu imkoniyatlar QADRIga еtaylik. Qadr boСlganda mе'yor ham, tartib-qoida ham oСz iziga tushib, mobil tеlеfonlar bilan bogСliq har xil kasalliklar, ulardan qoСrqib yashash bilan bogСliq muammolar bizni chеtlab oСtavеradi.