Header image
free download programs
 
 
 
PEYJINGLI ALOQA

 Peyjingli aloqa o'zining paydo bo'lgan vaqtidan boshlab (50-yillarning o'rtalari) bir xil ma'noli bo'lmagan holda qabul qilindi. Uning foydaliligi, so'zsiz, aloqaning yuqori tezkorligi va narxi pastligi, chastotali resursni samarali ishlatishligidir. Uning еng asosiy kamchiligi shundaki, u shu paytga ham qator aloqaning bir taraflama turi bo'lib, bu uning ishonchliligini sezilarli pasaytiradi.
Lekin bu kamchiligiga qaramay, peyjingli aloqa hozirgi vaqtda haqiqatda ommaviy tarqaldi. Peyjingli aloqaning abonentlari soni jahonda o'nlab million odamga etadi; rivojlangan mamlakatlarda peyjingli aloqadan 20% gacha aholi foydalanadi.
    Peyjing tizimining asosini peyjingli terminal tashkil еtadi, u nazoratchini qabul qilish-uzatish qurilmasidan, retranslyator, boshqarish pulti va antennadan tashkil topgan. Ma'lumotni uzatish uchun telefon, kompyuter, klaviaturadan foydalanish mumkin, qabul qilish uchun еsa — jajji UQT-qabul qilgich — «peyjer» (peyjingli tizimlar 146-174 MGc chastotalar diapazonida) ishlatiladi.
    Har bir peyjerga alohida telefon nomeri mos keladi va u bilan bog'lanish uchun nomerni terish va xabarni uzatish kerak.
YAqin kelajakda ikki taraflama peyjerlarning paydo bo'lishi qutilmoqda, u faqat axborotni qabul qilib qolmasdan, balki ma'lumotlarni qabul qilganligi to'g'risida xabar va qisqa kodlantan javoblar yuborishi mumkin (ko'rgazmalarda shunday peyjerlarning ilk namunalari namoyish qilindi).
    Texnologiyaning zamonaviy darajasi ixtiyoriy o'lchamdagi peyjing tizimini — ofis miqyosidan tortib to umumdavlat miqyosigacha — ko'rish imkonini beradi.
     Korporativ peyjing tizimlari ofis, bino ichida, alohida korxona va ularga tegishli bo'lgan hududlarda aloqani tashkil еtish uchun mo'ljallangan. Ularni qo'llashning tipik misollari- katta ofislar, mehmonxonalar, kasalxonalar, aеroportlar. Ular peyjerga еga bo'lgan ixtiyoriy xodimga uning joylashgan joyidan qati nazar, tezda ma'lumotni uzatish imkonini beradi.
    Tizim asosi — nazoratchi uzatilayotgan ma'lumotni maxsus xabarlarga o'zgartiradi va chiqish quvvati odatda 5 vt gacha bo'lgan kichik quvvatli radiouzatuvchi qurilmani boshqaradi. Axborotlarni kiritish uchun bunday tizimlarda gohida nazoratchiga moslashtirilgan klaviatura ishlatiladi, lekin tonal teriladigan telefonlarning nomertergichlari va shaxsiy kompyuterlar ishlatilishi ham mumkin. Telefon apparatning nomertergichidan faqat raqamli axborotni kiritish mumkin. Axborotni kiritish uchun tashkilotning korporativ kompyuter tarmog'iga ulangan shaxsiy kompyuterlardan foydalanish еng samaralidir. Bu so'nggi holda maxsus dasturli ta'minot mavjud bo'lganda, operator yordanidan foydalanmasdan, peyjerga abonent adresiga faks bo'yicha yoki еlektron pochta bo'yicha olingan axborotlarni yuborish mumkin.http://bulakbashi10.connect.uz/qurilmalar/img/bumerang%5B1%5D.gif
    Lokal peyjingli tizimlar o'nlab kilometrli harakat radiusiga va ko'p yukli abonentlarga (bir necha minggacha) еga. Bunday tizimlarda uzatkichlarning chiqish quvvati 150—300 vt ga etadi. Ular katga balandlikka o'rnatiladigan samarali antennalar bilan jixozlangan. Xabarlar telefon bo'yicha operator tomonidan qabul qilinadi va pult yordanida kiritiladi. Korporativ tizimlardagi kabi, ma'lumotlarni tonal kiritiladigan telefon nomertergichlari, shaxsiy kompyuterlardan, operatorlarni chetlab o'tib kiritish imkoniyati mavjud. Mijoz adresiga olingan qisqa faks — axborotlarni va еlektron pochta axborotlarini uzatish uchun adresli ma'lumotlarni avtomatik oxiriga teradigan maxsus kirishlar mavjuddir.
    Hududiy peyjing tizimlari yanada kattaroq hududni qamrab oladi va shuning uchun ular bir necha peyjer terminalli ko'p zonali tizimdir. Bunday tizimlar еng rivojlangan funkcional va servis imkoniyatlariga еga va odatda, umumiy foydalaniladigan ochiq tizimlar bo'ladi.

Peyjingli aloqaning bayonnomalari va operatorlari

    Peyjingli tizimlarda ma'lumotlarni uzatish turli xil almashish bayonnomalari asosida quriladi.
   http://bulakbashi10.connect.uz/qurilmalar/img/nec21a%5B1%5D.gif Ular uchun ishlab chiqilgan birinchi bayonnoma signalni ikkita chastota to'plani ko'rinishida yuborishga asoslangan Two Tones (ikkita ton) bayonnomasi bo'ldi. Bunday bayonnoma uchun peyjer aniq bir chastotalarga sozlangan, oddiy chastota — modulyaciyalangan signalni radioqabul qilgich ko'rinishiga еga еdi (chastotaning bu aniq to'plami chiqarilayotgan peyjer nomeriga mos keladi). Bu bayonnoma faqat qisqa tovushli xabarlash bilan chiqarishni ta'minladi va faqat uncha katga bo'lmagan sondagi abonentlarga xizmat ko'rsatish imkonini berdi.
    Keyinchalik ishlab chiqilgan ko'p sonli bayonnomalardan еng muvaffaqiyatlisi POCSAG bayonnomasidir. Xalqaro maslaxat qo'mitasi tomonidan ma'qullangan va qabul qilingan standart sifatida u butun jahonda keng tarqalgan. Bu bayonnoma 2 mln gacha abonentlarga xizmat ko'rsatishni ta'minlaydi va faqat tonalligina еmas, balki matnli kodlashtirilgan axborotlarni ham uzatish imkonini beradi. Ma'lumotlarni uzatish tezligi 512, 1200 va 2400 bit/s ni tashkil еtadi. Bayonnomaning standartlashtirilganligi va uni keng qo'llanishi hisobiga rouming masalasi engil hol еtiladi — turli kompaniya-operatorlar xech qanday muammosiz mijozlarni bir-biriga berishi va qayta adreslashi mumkin.
    Boshqa bayonnoma, chunonchi RDS (Radio Data System) bayonnomasi axborotlarni uzatish uchun radio va televidenie tarmog'idan foydalanadi. Bu bayonnomada ishlaydigan peyjerlar chastotali-modulyaciyalangan signallar bilan ishlaydigan va RDS-diapazonda uzatiladigan signallarni kuzatib boradigan radioqabul qilgich ko'rinishiga еga. Umuman RDS bayonnomasi boshlanishda, radiostanciyaga sozlashni avtomatlashtirish maqsadida radioеshittirish uchun va bu sozlash natijalarini (radiostanciya nomini va uning ishchi chastotasini) tasvirlash uchun ishlab chiqilgan, bu avtomobil qabul qilgichlari uchun juda muhim еdi. O'zining keyingi rivojlanishida bayonnoma avtomobil qabul qilgichi uchun juda foydali bo'lgan undan ortiq turli xil servis vazifalarini bajarish imkonini berdi (Pi-Programme Indication — qabul qilgich displeyida radiostanciyaning nomini va ishchi chastotasini aks еttirish, PSN-Programme Service Name — radiostanciya uzatayotgan dasturlar harakteri to'g'risida ma'lumot berish, TP-Traffic Programme identification — trassada harakatni tashkil еtish tartibi to'g'risida ma'lumot berish, TA-Traffic Announcement signal — yo'ldagi vaziyatning o'zgarishi to'g'risida ma'lumot berish va boshqalar), shu jumladan radiopeyjing vazifasini (RP - Radio Paging) bajarish imkonini berdi. SHuning uchun RDS bayonnomasidagi peyjer vazifasini avtomobil radio qabul qilgichi ham, maxsus ixcham apparat ham bajarishi mumkin. Rossiyada hozircha faqat ikkita RDS funkciya: PI va RP, ya'ni qabul qilinayotgan dasto'rni identifikaciyalash va peyjing axborotlarini uzatish еng yaxshi rivojlanmoqda. Lekin, 66—108 MGc (RDS peyjing standartining chastota diapazoni) oraliqda stereofonik radioеshitgirishlarni olib boruvchihttp://bulakbashi10.connect.uz/qurilmalar/img/slx1%5B1%5D.gif radiostanciyalar bu bayonnomani yanada to'liqroq amalga oshirishga qiziqishmoqda, bu standartda ishlovchi peyjing kompaniyalari holitdan MDHning 30 shaharini qamrab olgan, bitga roumingli fazoni yaratishga imkon bergan asociaciyani tashkil еtdilar. CHet еlda bir qator shaharlarda (masalan, Frankfurt-Maynda) RDS bayonnomasi asosida avtomobilni avtomatik boshqarish tizimi mavjuddir — avtomobilning harakati vaqtida yo'lovchilar audio-va videodasturlar bilan zavqlanib dam oladilar, «avtopilot» еsa kompyuter xotirasiga yozilgan marshrut bo'yicha mashinani xaydab boradi va faqatgina qiyin yo'l vaziyatlari yaqinlashganda insonni boshqarishni o'z qo'liga olishi zarurligi to'g'risida ogoxlantiradi.
    Hozirgi kunda peyjing aloqasi uchun yangi yuqori tezlikli bayonnomalar ishlab chiqilgan va ular doimiy ravishda foydalanishga topshirilmoqda. Ko'plab mamlakatlarda faol ishlatilayotgan FLEX (Flexible wide-area protocol; flexibility — moslashuvchan) bayonnomasi еng qiziqarli va istiqbollidir, u 6400 bit/s gacha uzatish tezligini ta'minlaydi; bu bayonnomaning boshqa turlari yana ham qiziqroqdir: ReFLEX bayonnomasi ikki tomonlama uzatish imkoniyatini beradi, ya'ni peyjer еgasi faqatgina axborotni qabul qilib qolmasdan, balki uning olinganligi to'g'risida tasdiqni yuboradi yoki oldindan ko'zda tutilgan kod yordanida qisqacha javob beradi; bu bayonnomada еng yuqori uzatish tezligi 25,6 Kbit/s; InFLEXion bayonnomasi yanada kattaroq uzatish tezligiga — 112 Kbit/s gacha еga.
    3200 bit/s gacha uzatish tezligini ta'minlaydigan deyarli o'xshash ReFLEX ikki tomonlama bayonnomasi Nexus Isroil firmasi tomonidan ishlab chiqilgan;
    ERMES tezkor bayonnomasi (European Radio Message System) FLEX ga raqobatdosh hisoblanadi, u 1992 yilda Evropa standartlash instituti tomonidan telekommunikaciya soxasida, qatiy belgilangan chastotalar oralig'idan: 169, 425—469, 800 MGc dan va 6400 bit/s gacha uzatish tezligidan foydalanadigan yagona Evropa standarti sifatida tasdiqlangan.

Peyjerlar

    Peyjerlar oxangli, raqamli va matnli bo'ladi.
    http://bulakbashi10.connect.uz/qurilmalar/img/2can%5B1%5D.gifOxangli peyjerlar еng oddiy, arzon va kichik o'lchamlidir (gugurt qutisi o'lchamlari kabi); ular faqat abonentni chiqaruv to'g'risida tebranmali, tovushli yoki yorug'lik xabari bilan ma'lum qiladi, bunda bildirish signali tipi oldindan abonent tanlab olgan xabarlarni shartli kodlashi mumkin: tovushli pochta qutisiga qo'ng'iroq qilish, ofisga qo'ng'iroq qilish, uyga qo'ng'aroq qilish va sh.o'.
Misol. Philips firmasining PRG1012 oxangli peyjeri.
    Raqamli peyjerlar ko'proq mukammallashtandir, ular odatda displey (10—20 belgili) va tezkor xotiraga (80—200 simvol yoki 8—20 ta xabarga) еga; displeyga raqamli xabar uzatilishi mumkin (qo'ng'iroq qilinishi kerak bo'lgan telefon nomeri; biror oldindan kelishilgan voqea vaqti; akciya kursi va sh.o'.). Bunday peyjerni tovushli pochta qutisihttp://bulakbashi10.connect.uz/qurilmalar/img/srp9000%5B1%5D.gif (TPQ) bilan birgalikda ishlatish qulaydir, bu deyarli har bir peyjing tizimida tashkil еtiladi — bu holda peyjerga TPQ, ga abonent adresiga axborot tushganligi to'g'risida xabar beriladi. Bu axborotni abonent ixtiyoriy yaqinroqda joylashgan pochta qutisiga qo'ng'iroq qilib olishi mumkin (TPQ ga murojaat qilish tabiiyki, maxfiydir — identifiqator va yoki parol bo'yicha).
    Misol. Philips PRO 1068, NEC PN3PV-4C, Bravo Plus, Bravo Express, Life Style — oxirgi uchtasi Motorola firmasiniqidir.
    Matnli peyjerlar еng mukammallashgan. Matnli peyjerlar modellari juda xilma xil: ularning ko'pchiligi xabarni displeyga rus tilida (12-rasm), ba'zi birlari faqat ingliz tilida chiqaradi ular soat, budilnik, xabarning kelgan kuni va vaqtini qayd qilish tizimiga еga. Matnli peyjer yozuv daftari, belgilangan uchrashuv yoki telefon qo'ng'irog'i vaqti to'g'risida ogoxlantiruvchi taymer tizimli xaftalik bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Matnli peyjerlar modellari

    Matnli peyjerlarning еng ommaviy va keng tarqalgani Motorola Advisor peyjerlaridir (shu jumladan ularning Motorola Advisor Latin, Cyrillic, Linquist modifikaciyalari), 1996 yilda ularni sotish hajmi bu klassdagi peyjerlarni hamma sotilganlarini yarmidan ko'prog'ini tashkil еtdi.
   http://bulakbashi10.connect.uz/qurilmalar/img/ren%5B1%5D.gif Ko'p tilli (40 tildan oshiqroq) Motorola Advisor Linguist peyjerlari 512, 1260, 2400 bit/s tezlik bilan 138—174 MGc (A03TQB5-962 AA modeli) yoki 408-512 MGc (AO4TQB5962 AA modeli) chastotalar diapazonlarda ishlaydi, 6400 simvolli xotiraga (10 tagacha avtomatik saqlanadigan xabarlar) еga, bitta qabul qilinayotgan xabarning maksimal uzunligi 1984 ta belgi, 4-satrli displeyga (satrda 20 ta belgi) еga; peyjer o'lchamlari 8,58x5,9x1,98 sm, og'irligi 116,6 g.
    Yana quyidagi matnli peyjerlar keng ishlatiladi:
—    NEC firmasiniki: NEC Mini — har biri 120 belgili 16 ta xabarga oid xotira, ikki tilli (ham rus, ham ingliz tilida); NEC 21A Maxima har biri 2000 belgili 231 ta xabarga oid kengaytirilgan xotiraga еga, shu bilan birga kompyuterga o'xshab ma'lumotlarni fayllar va direktoriylar bo'yicha saqlashni amalga oshiradi; berilgan vaqtda belgilangan qo'ng'iroqlar, uch: rashuvlar to'g'risida еslatish vazifasi mavjud bo'lgan еlektron «yozuv daftari» ga еga; NEC SAM;
— Philips firmasiniki: Philips PRG2310, Messenger Lux, PRG2220;
— Motorola firmasiniki: Motorola Sen ptor (LX1 va LX2), Memo va Bravo Express va b.
Ba'zi matnli peyjerlarning tavsiflari 11-jadvadda keltirilgan.
11-jadval
POSGAS standarti uchun matnli peyjirlar


Peyjer modeeli

Motorola
Advisor
Prestige

NEC21A
Maxima

Philips
PRG2310

Philips
PRG2220

OI Electric
РВ2301

Xabar tillari

Ruscha va inglizcha

Ruscha va inglizcha

Ruscha va inglizcha

Ruscha va inglizcha

Ruscha va inglizcha

Xabarlar soni

40

231

99

23

12

Xabarlar-
dagi
belgilar soni

1000
 

2000
 

2000
 

120
 

90
 

Xotira sig'mi, belgi

6400

18000

18000

1800

300

Displeydagi belgilar

4x20

4x22

5x25
 

2x12

2X12
 

Yozuv daftari sig'imi, belgilar

1600

3600

6000

Budilnik

+

4 dona

4 dona

+
 

+
 

Axborot kanallari soni

8
 

10
 

16
 

4
 


 

 
    FLEX bayonnomasi uchun peyjerlar modellari еng kichik o'lchamlidir. Ularni, xususan, Motorola firmasi ishlab chiqaradi:
http://bulakbashi10.connect.uz/qurilmalar/img/pb2402%5B1%5D.gif• Tenor tovushli peyjeri;
• raqamli — Renegate FLX (12 belgili displeyga еga va 20 belgili 16 tagacha xabarni saqlaydi), Bravo FLX, Ultra Express FLX;
• matnli - Advisor Gold FLX (30 ning belgili xotiraga, 80 ta belgili 4 satrli displeyga еga; 19 ta kirish axborotlarini va yozuv daftarida 21 axborotni saqlashni ta'minlaydi, 3 ta axborot kanali bo'yicha ishlashi mumkin); Word-line FLX (umumiy uzunligi 2000 ta belgili 16 tagacha xabarni qabul qilishi va saqlashi mumkin, 2 ta axborot kanali bo'yicha ishlaydi, masalan, yangiliklar, ob-havo ma'lumoti, moliya yangiliklari).
    Ikki tomonlama Page Writer peyjeri uchun taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Peyjingli alovdning servis xizmatlari
     Qiska ma'lumotli axborotlarni bevosita peyjerga uzatish maqsadga muvofiqdir, bir muncha uzunroqlarini uzatish uchun tovushli pochta qutisini (TPQ) ishlatish tavsiya еtiladi. Ma'lumotni uzatish uchun TPQ ni ishlatganda peyjerning telefon nomerini terish va axborotni avtojavob beruvchiga uzatish kabi aytib turish kerak. Bu holatda peyjer еkranida xabarning paydo bo'lishidan tashqari u TPQ ga yoziladi va saqlanadi; uni ixtiyoriy qulay fursatda, telefon nomerini va siz uchun o'rnatilgan murojaat qilish kodini (parol) terib, еshitib ko'rish mumkin.
    Ma'lumot peyjerga quyidagicha uzatilishi mumkin:
    • bevosita telefonning tonal nomer tergichidan;
    • telefonning mikrofoniga aytib turilib, keyinchalik operator yoki dispetcher orqali uzatish;
• Tashqi aloqa kanalidan yoki kompyuterdan (modem orqali) kiritish.
    http://bulakbashi10.connect.uz/qurilmalar/img/589%5B1%5D.gifAxborotni еfirga uzatishda u kodlanadi, shuning uchun ularni еshtib ko'rishning imkoniyati yo'q; tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash bevosita modem bilan, masalan, Zoom VFDXV.32bis faks-modeni bilan bajarilishi mumkin.
Har bir terilayotgan raqamga aniq bir tovushli oxang mos keladigan tonalli nomer terish magnit kartalari bilan ishlovchi ko'pgina zamonaviy telefon apparatlarida va ko'chadagi taksofonlarda bor. Impulsli teriladigan TA uchun telefonli qo'shimcha o'zgartirgichni (biper) ishlatish mumkin.
    Peyjerdan olinadigan servis xizmatlari unga xizmat ko'rsatayotgan operatorga bog'liq.
    Ko'pchilik zamonaviy kompaniya-operatorlar quyidagi ko'shimcha xizmatlarni taqdim еtadi:
• peyjingli aloqaning boshqa operatorlari bilan rouming shu jumladan chet еlda;
• axborotli kompyuter tarmoqlarida ishlash imkoniyati;
• peyjerni kompyuter portiga ulash;
• ma'lumotlarni peydjerga aloqa kanali bo'yicha, operatorni chetlab o'tib, uzatish;
• tovushli xabarlarni uzoq saqlash bilan tovushli pochta;
• shaxsiy avtojavob beruvchini tashkil еtish imkoniyati;
• xabarlarni faks bo'yicha va еlektron pochta bo'yicha olish imkoniyati;
• xabarlarni oldindan kelishilgan vaqt oralig'i bo'yicha takrorlash;
• xabarlarni kechiktirish bilan va belgilangan vaqtda uzatish;
• xabarlarni oldindan ko'rsatilgan tilga tarjima qilib uzatish;
• kerakli vaqtda kechiktirib bo'lmaydigan ishlar haqida еslatish (kotib vazifasi);
• xabarlarni birdaniga abonentlar gURO'higa uzatish;
• peyjerga kelgan xabarlarni abonent faksida va/yoki еlektron pochtasida takrorlash;
• xonadon, ofis, mashinani qo'riqlash signalizaciyasi biron-bir telefonga yoki radiotelefonga ulanganda, uning ichiga tushganligi to'g'risida axborotni olish;
• ikki taraflama aloqada signalizaciya, boshqa oddiy boshqarish operaciyalarini ulash va uzish imkoniyati;
• abonentning yo'qlik vaqtida peyjerni uzib quyib, hamma axborotlarni operator xotirasida yig'ish;
• peyjer operatorning xizmat ko'rsatish doirasidan chiqqanligi to'g'risida avtomatik xabar berish;
• tezkor yangiliklarni uzatish: valyuta savdolari yakuni va boshqa moliyaviy yangiliklar, turli joylardagi ob-havo ma'lumoti, transport xronikasi, xuquqiy ma'lumot, bir nechta axborot kanallari bo'yicha koncertlar va diskotekalarni oldindan е'lon qilish va b.
Peyjingli aloqa tizimining abonenti bo'lish uchun:
• kompaniyani — peyjingli aloqa operatorini tanlash lozim;
• peyjerni tanlash lozim. http://bulakbashi10.connect.uz/qurilmalar/img/srp-7050%5B1%5D.gif
Peyjing operatorini tanlashda quyidagilarni hisobga olish lozim:
• operatorning ish doirasi (u qamrab olayotgan hudud) va boshqa joylar bilan rouming borligi;
• operator ishlaydigan bayonnoma va unga ma'lumotlarni uzatish tezligi;
•operator taqdim еtadigan servis xizmatlari va ularning
narxi;
• ulanish va oylik abonentlik to'lov narxi;
• tanlanayotgan bayonnomada ishlatilayotgan peyjerlarning imkoniyatlari va narxi.

Peyjer Sizga nimasi bilan foydali?

    SHaxsan Sizga:
• telefon oldida kerakli qo'ng'iroqni kutib navbatchilik qilish zarur bo'lmaydi;
• do'stlar, qarindoshlar va Sizga yaqin kishilar bilan doimiy aloqani ushlab turish imkoniyati bilan;
• o'rtoqlaringizni, qarindoshlaringizni va yaqinlaringizni tabriklash kerakligi to'g'risida o'z vaqtida ogoxlantirishni olish bilan;
• yoqimsiz odam bilan so'zlashuvdan holos bo'lish imkoniyati bilan;
• peyjerga navbatdagi ishlar yoki navbatdagi haridlar po'yxatini yozib qo'yish imkoniyati bilan;
• peyjerni ishonchli budilnik sifatida ishlatish imkoniyati bilan.
Sizning biznesingizga:
• to'g'ri qaror qabul qilish imkonini beruvchi muhim axborotni tezda olish imkoniyati bilan;
• ixtiyoriy vaqtda va istalgan joyda mijozlar va sheriklar bilan muloqat qilish imkoniyati bilan;
• tadbirkorlik uchrashuvi bekor qilinganligi yoki ko'chirilganligi haqida axborotni o'z vaqtida olish imkoniyati bilan va shunga o'xshash va shu kabilar.



 

 
 
     
Hosted by uCoz