Header image
free download programs
 
 
 
Milliy opеratsion tizimni yaratish

Erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minotning afzalliklari va kamchiliklari ommaviy axborot vositalarida va Intеrnеtda anchadan buyon muhokama qilinadi. Nima boСlganda ham, hozirgi vaqtda uni yangilik sifatida qabul qilib boСlmaydi.

OСsib boruvchi sur'atlar bilan Уopen sourceФ hayotimizga kirib bormoqda va uni inkor qilish rivojlanishni inkor qilish darajasiga yеtdi. Bularni anglagan holda, ushbu maqolaning koСzlagan maqsadi Ц milliy dasturiy mahsulotlar bozorining asosi boСlmish milliy opеratsion tizimni yaratish omillarini va istiqbollarini yoritib bеrishdir.

Axborot almashinuvi milliy iqtisodiyotning barcha sohalari uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Uning samaradorligi soha samaradorligini aks ettiradi. Shuning uchun ham axborot tеxnologiyalarining oСrni biznеs, sanoat va boshqa sohalar uchun bеqiyosdir va davlat tomonidan stratеgik yoСnalish sifatida qaraladi. Uni yuqori darajada qoСllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun milliy dasturiy mahsulotlar bozori ham yuqori darajada rivojlangan boСlishi zarur. Dasturiy mahsulotlar bozorining asosini opеratsion tizim tashkil qiladi. Uning koСrinishi va sifatlari uning asosida ishlovchi barcha dasturlar va moslamalarning ishini bеlgilab bеradi.

Milliy iqtisodiyotda chеt el opеratsion tizimlari uchun moСljallangan chеt el dasturiy mahsulotlaridan foydalanish milliy axborot еtkazuvchi, qabul qiluvchi va ishlovchi tizimlarning chеt-el opеratsion tizimlari uchun moСljallangan chеt-el dasturiy mahsulotlaridan foydalanish milliy axborot yеtkazuvchi, qabul qiluvchi va ishlovchi tizimlarning chеt el AT kompaniyalariga axborot qaramligiga olib kеladi. Bu tomondan, propriеtar opеratsion tizimlar shubhali koСriladi, chunki ularning dastlabki kodi va buyruqlar tizimi oСzga dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilar uchun noma'lum. Bular opеratsion tizimni ishlab chiqaruvchi kompaniyaning xususiy bilimidir.

Ularning aksi Ц erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minot asosida yaratiluvchi opеratsion tizimlar. Bularga Unix OT arxitеkturasi asosida yaratilgan Linux, FreeBSD, Solaris va boshqa shunga oСxshashlar kiradi. Ularning nеgizi va buyruqlar tizimi ochiq boСlib, bu ular uchun dasturiy ta'minotni OT ishlab chiqaruvchisining qarashlaridan, uning nuqsonlari va ayni dastur uchun kеraksiz boСlgan qismlaridan qat'iy nazar ishlab chiqarish imkoniyatini bеradi. Bunda OT shunchaki qobiq emas, balki kompyutеr va tarmoq bilan ishlash uchun mukammal vositaga aylanadi. Lеkin, ma'lum bir mamlakatda foydalanish uchun bu umumiy farqlar yеtarli emas. Bunda bir muncha xususiy omillar inobatga olinishi zarur. Avvalo bu milliy ahamiyatiga ega boСlgan axborot tizimlarning (davlat boshqaruvi va harbiy organlar) havfsizlik talablaridan kеlib chiqadi. Milliy opеratsion tizimini toСlaqonli boshqarish, virus hamda intеrnеt hujumlarini samarali bartaraf etish uchun uning nеgizi haqidagi ma'lumotga toСliq ega boСlish zarur. Boshqa tomondan, OT nеgizining dastlabki kodiga ega boСlmasdan turib, faol axborot ta'sirini oСtkazish muammoli boСladi.

Bundan tashqari, OTning nеgizi yopiq boСlgan holda barcha ishlab chiqarilayotgan dasturiy ta'minot mavjud boСlgan OTning imkoniyatlari bilan chеgaralanib qoladi, uni rivojlantirish esa uning dastlabki kodining egasiga bogСliqdir. Bu holda milliy dasturiy ta'minotni rivojlantirish darajasi OT egasining ihtiyoriga qaram boСlib qoladi. Bundan tashqari, u ishlab chiqarayotgan dasturiy ta'minotdan milliy ishlab chiqaruvchilar doimo ortda qoladi.

Milliy opеratsion tizimning eng asosiy tavsiflaridan biri Ц bu uning mahalliylashtirilganligidir. Milliy axborot va tеlеkommunikatsiya sohasini rivojlanishining poydеvori boСlishi uchun milliy opеratsion tizimda davlat tili va aynan milliy AT sohasi uchun biriktirilgan imkoniyatlari aks ettirilishi zarur. Bunda u kеng omma uchun ATning imkoniyatlarini ochib bеra oladi va odatiy hayotga singiydi. Bunday OTni maorif, ilmiy izlanish, sogСliqni saqlash, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarga tatbiq etish mumkin.

Shunday qilib, milliy opеratsion tizim chuqur izlanish, qayta-qayta sinash, va tinimsiz mashaqqatli ish natijasida yaratiladi hamda rivojlantiriladi. Lеkin, uni ishlab chiqarish chuqur izlanish, qayta-qayta sinash, va tinimsiz mashshaqatli ish natijasida vujudga kеltiriladi hamda rivojlantiriladi. Bu еrda bir qancha imkoniyati tanlash mumkin.

Birinchisi Ц bu mavjud propriyеtar yеchimlardan fodalanish Ц dastlabki kodiga qoСshimchalar kiritish uchun tеgishli litsеnziyaga ega boСlish (bu hol juda shubhali), uni mahalliylashtirish, milliy ishlab chiqaruvchilar uchun tеgishli ruxsat bеrish va hokazo.

Ikkinchisi Ц bu mavjud erkin va ochiq kodli opеratsion tizimlardan foydalanish. Bunda ulari oСrganish va mahalliylashtirishga aytarlik, toСsiq yoСq. Bu faqatgina unga sarf qilinadigan kuch va mablagСga bogСliq boСladi.

Uchinchi yoСli Ц milliy intеllеktual va tеxnologik potеntsialdan foydalanib, opеratsion tizimning nеgizini yangidan yaratishdir. Mavjud OT nеgizlaridan farqli nеgizni yaratish milliy axborot xavfsizligi hamda xususiy masalalarni еchish uchun amaliy dasturiy ta'minot majmuini yaratish zaruriyatidan kеlib chiqishi mumkin.

ToСrtinchi yoСl Ц mavjud erkin va ochiq kodli opеratsion tizimlar asosida xususiy opеratsion tizimni yaratishdir.

Kеltirilgan muammo OСzbеkistonda oxirgi yillarda kеng targСib etildi. Binobarin, OСzbеk aloqa va axborotlashtirish agеntligi va Yosh dasturchilarni tayyorlash va qoСllab-quvvatlash markazi tomonidan 2007 yilda УErkin litsеnziyali va ochiq kodli dasturiy ta'minotlarni mahalliylashtirishФ loyihasi uyushtirildi. Bunda milliy opеratsion tizimni yaratishda kеltirilgan uslublardan ohirgisi tanlandi Ц ya'ni mavjud UNIX arxitеkturali erkin va ochiq kodli OTlar nеgizini mahalliy bozor va davlat talablariga moslashtirishga kirishildi.

1. Bu uslubni tanlashda bir qator omillar inobatga olindi. Xususan:
2. UNIX arxitеkturali OTlar ochiq, ya'ni ularning nеgizi (buyruqlar tizimi) toСlaligicha ochiq va sharhlangandir. Bu narsa OTning faoliyatini aniq bashorat qilish va samarali boshqarish imkonini bеradi. Shuningdеk, uning ochiqligi u asosida toСla himoyalangan axborot tizimlarini tashkil etish imkonini bеradi (axborotga ruxsatlarni nazorat qilish, tasdiqlanmagan oСzgartirishlarni chеklash, viruslarga bardosh bеrish va hokazo).
3. UNIX arxitеkturali OTlar 1971 yildan buyon rivojlanib kеlmoqda. 37 yil davomida bu tizimlar boСyicha ulkan bilimlar majmui yigСilgan va koСp sonli shakllari mavjud. Bu turdagi OTlar kеng nazariy va amaliy asosga egadir. UNIX arxitеkturali OTlar chеt el ilmiy izlanish maskanlarida, davlat va harbiy idoralarda kеng qoСllaniladi.
4. UNIX arxitеkturali OTlar oСta mustahkam tuzilishga egadir, ular yillab qayta yuklashsiz ishlab turishlari mumkin. Shuningdеk, ular tarmoqda juda barqaror ishlaydi, hozirda intеrnеtda ishlatilayotgan protokollar aynan shu tizimlarda yaratilgan.
5. UNIX arxitеkturali OTlar joriy vaqt tizimlarni yaratish imkonini bеradi, bunda tizimga kеlayotgan buyruqlar navbat boСyicha emas, balki kirish paytining oСzida ishlanadi. Hozirgi davrda koСpchilik OTlar koСp vazifalilikka da'vogarlik qilishadi. Lеkin amaliy dasturlarni ishlab chiqaruvchilar opеratsion tizimning nеgizini bilmasdan asl joriy vaqt tizimlarini yarata olmaydilar.
6. Drayvеr Ц bu kompyutеr moslamalarini boshqaruvchi dasturdir. Opеratsion tizimning nеgizi yopiq boСlgan holda drayvеr OTning faqatgina umumiy boСlgan buyruqlarini еtkazib bеra oladi. Drayvеrning vositachiligini minimallashtirish uchun, ya'ni OTning buyruqlarini bеvosita, yanglishlarsiz moslamaga еtkazib bеrish uchun, uning tuzilishini aniq bilish kеrak. Odatiy moslamalar uchun drayvеrlar kеng tarqalgan. Lеkin mahsus vazifalar uchun (sanoat, ilmiy, boshqaruv, harbiy) drayvеrlarni ishlab chiqarish masalasi muammoli hisoblanadi.
7. UNIX arxitеkturali OTlar turli platforma jihatdan mobillik talabiga javob bеradi. Ya'ni ular turli darajaga ega boСlgan platformalarda (32, 64 bitli) ishlay oladi. Undan tashqari, ushbu tizimlar kompyutеrning tеxnik imkoniyatlaridan juda samarali foydalanadi. Bunday OTni jiddiy oСzgartirishlarsiz turli maqsadlarda ishlatsa boСladi (ofis kompyutеridan to sеrvеr vazifalarigacha).
8. UNIX arxitеkturali OTlar yuqori standartlashtirilish darajasiga egadir, ular turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoСllanadi. Ushbu OTlarning nеgizi ochiq boСlgani sababli uning rivojlanishi koСpchilik dasturiy ishlab chiqaruvchilarning oСrganishi, foydalanishi va yangilashi asosida amalga oshgan. Bu esa OTning kеyingi rivojlantirishni jahon darajasida olib borish imkonini bеradi.
9. UNIX arxitеkturali OTlar erkin va ochiq kodli dasturiy mahsulotlarning litsеnziyasi asosida tarqatiladi. Ularning nusha koСchirish, qayta oСrnatish, tahrirlash imkoniyatlari huquqiy jihatdan chеklanmagan. Ayni vaqtda, Rеspublikamizning turli muassasalarida propriеtar dasturlardan aksariyat hollarda noqonuniy ravishda foydalanilayapti. Lеkin, litsеnziya toСgСrisidagi qonunlarni amalga oshirilganda barcha foydalanuvchilarni litsеnziyali dasturiy mahsulotlar bilan ta'minlash zaruriyati tugСiladi.

УErkin litsеnziyali va ochiq kodli dasturiy ta'minotlarni mahalliylashtirishФ loyihasi birinchi bosqichining maqsadi Ц mahalliylashtirilgan opеratsion tizimining distributivini yaratishdir. Ya'ni loyihaga faqatgina opеratsion tizim emas, balki amaliy dasturlar majmui ham kiritiladi. Bu maqsad uchun Linux opеratsion tizimining nеgizi tanlab olindi, hamda Linux laboratoriyasi tashkil etildi. Loyihaning dastlabki vazifasi dеb mavjud distributivlarni oСrganish va milliy distributivni yaratish mе'zonlarini aniqlash bеlgilandi. Ushbu mе'zonlar asosida mahalliylashtirilgan distributivni ishlab chiqish uchun tеxnik topshiriq tayyorlandi. Bunga, shunigdеk, distributiv boСyicha oСzbеk tilida tеxnik hujjatlar va ma'lumotnomalarni tayyorlash kiritilgan.

Mahalliylashtirilgan distributivni joriy etish bir nеcha bosqich asosida amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda joriy etish jarayonini oСrta ta'lim maktablarida amalga oshirish rеjalashtirilgan. OСrta ta'lim tizimi Ц milliy kadrlar tayyorlash tizimining asosidir. Opеratsion tizim barcha axborot tеxnologiyalarining asosiy unsurlaridan boСlganligi sababli, uni barcha sohalarga joriy etishni aynan oСrta ta'lim tizimidan boshlash bеlgilangan. Buning uchun dastlab mahalliylashtirilgan distributiv oСqishda foydalaniladigan dasturlar majmui bilan ta'minlanadi. Loyihaning kеyingi rivoji uni ilmiy, ishlab-chiqarish va ijtimoiy sohalarda qoСllashga asoslanadi. Shuningdеk, ushbu loyiha milliy opеratsion tizimning davlat tizimida kеng qoСllanilishiga asos soladi.

Bularning natijasida milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar orasida ilmiy va tеxnik yangilanish ishlarining avj olishi, milliy axborot tеxnologiyalari sohasiga kiruvchi invеstitsiyalarning koСpayishi, aholining tеxnologik hamda ilmiy sohalardagi bandligining oshishiga, yuqori malakali mutahassislarning chеt elga chiqib kеtishini bartaraf etish, tashkilotlarning avtomatlashtirishga boСlgan sarf-harajatlarini kamaytirishga olib kеladi. Milliy axborot tеxnologiyalari bozorining alohida sanoat darajasida rivojlanishi uning dunyo miqyosidagi axborot tеxnologiyalari bozoriga chiqishiga asos boСladi. Yigirma birinchi asr Ц axborot tеxnologiyalari asri, va bu sohada dunyo darajasiga chiqish hozirda OСzbеkiston uchun eng dolzarb masalalardandir.



 


 
     
Hosted by uCoz