Header image
free download programs
 
 
 
Kompyuter ishqibozlari uchun gimnastik mashqlar

Falsafiy va psixologik adabiyotlarda inson faoliyatining turli koСrinishlaridan uchta asosiy faoliyat - oСyin, oСqish va mehnat turlari alohida ajratib koСrsatilgan. Ammo tarixiy jarayonda inson faoliyati jamiyatning moddiy hayotiy sharoitlari, oСzaro ijtimoiy munosabatlar, ma'naviy va moddiy talablar rivojlanishiga qarab muntazam oСzgarib boradi, rivojlanadi hamda takomillashadi.

Shu bilan birga, inson faoliyati turli sohalari yangi mazmun, yangi ijtimoiy ahamiyatga ega boСladi. Insonlarning koСpchiligini oСz ta'siri ostiga jalb etadi. Shuning uchun bu faoliyatning boshqa turlari bilan toСldirilib boriladi. Hozirgi davrda quyidagilar: insonlararo munosabatlar, san'at, sport alohida muhim faoliyat turlari hisoblanadi. Biroq faoliyatning qay bir turi bilan shugСullanmasin, inson uchun badantarbiyasi eng muhim hayotiy omillardan hisoblanadi. Jahonda Avitsenna nomi bilan mashhur boСlgan Abu Ali ibn Sino bobokalonimiz ham jismoniy tarbiyaga alohida yuqori baho berib, xususan, shunday deb yozgandi: "Me'yorida badantarbiya bilan shugСullanib borgan insonning davolanishiga xojat qoСlmaydi".

Shuni aytish mumkinki, sport, ayniqsa, hozirgi zamonaviy jamiyat sharoitida faoliyatning asosiy turlaridan biri boСlib bormoqda, bu birinchi navbatda, yangi avlod shaxsini shakllantirishda muhim omil hisoblanganligi uchun hamdir. Bir qator olimlar ishlab chiqarish mehnatini oСqish va gimnastika bilan uygСunlashtirilishi - har tomonlama rivojlangan barkamol inson tarbiyasining yagona vositasi deb hisoblaydilar. Hozirgi sharoitda jismoniy tarbiya va sportni ommaviy rivojlantirish jismoniy va ma'naviy kuchlarini barkamol rivojlantirish bilan insonni tarbiyalashning muhim sharti sifatida qaraladi.

Sportning ijtimoiy vazifalarini va unga umumiy qiziqishni kengaytirishning belgilovchi omili sifatida gipodinamiya, nerv-psixik asabiylashish kabi va boshqa ilmiy-texnik taraqqiyotning salbiy oqibatlariga qarshi harakatlanish faolliklarini ragСbatlantirish zarurligini ommaviy anglab etish koСrsatiladi.

Shu bilan birga, sport bilan shugСullanishning ijobiy ta'siri faqatgina sogСlomlashtirish-gigienik jihati emas, balki mehnat samaradorligini oshirishi, kasallanishni kamaytirishi natijasida erishiladigan iqtisodiy samarasi ham ta'kidlanadi. SoСnggi paytlarda sport bilan faol shugСullanish shaxsning ijtimoiylashishiga yordam berishi haqidagi ishonchli ma'lumotlar ham olingan. Bu xususan, yoshlarni ularga yangi boСlgan mehnat, ta'lim sharoitlariga ijtimoiy moslashishlarini tezlashishi va osonlashishida, amaliy faoliyat koСnikmalari, ijtimoiy vazifalar va qoidalarni yanada tezroq oСzlashtirishlarida namoyon boСladi.

Sport faoliyatida asosiysi turli xil mashqlarni bajarish jarayonida odamlarning jismoniy va psixik imkoniyatlari chegarasiga erishish, aniqlash va taqqoslashdan iborat. Bunday mazmun boshqa hech bir faoliyat turiga qoСyilmaydi va boshqa hech bir faoliyat turida u asosiy sifatida ishtirok etmaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan jismoniy va ma'naviy kuchlarning takomillashtirish, sogСlomlashtirish, ta'lim va tarbiyaviy ahamiyatga ega boСlib, kasbiy mahoratning sifatli shakllanishi omili boСladi. Mehnatning aniq turlarida samaradorlikka erishish masalalariga xizmat qilishi mumkin.

Ma'lumki, uzoq vaqt bir joyda oСtirib, amalga oshiriladigan mehnat jarayonlari insonlarda jismoniy harakat organlari yoki qon aylanish tizimida turli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin.

Me'yoridan ortiq qimirlamay, oСtirib ishlash, masalan, aqliy mehnat kishilari, haydovchilar, chevar-tikuvchilar va boshqalarda shunday kasbiy kasalliklar vujudga kelishiga sabab boСladi.

Kompyuter bilan bogСliq ishlarda xizmat qiladigan insonlarga ham shunday holat salbiy ta'sir etishi mumkin. Shu bois, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan muloqot qilishda ulardan foydalanish qoidalariga amal qilishni oСrgatib borish dolzarb masala hisoblanadi.

Kompyuter oldida soatlab oСtiradigan ayrim ishqibozlar, oСz xizmat doirasi boСyicha kun davomida doimo uning roСparasida boСladigan: operator, dizaynerlar kabi katta yoshdagilar ham ma'lum muddat monitor oldida oСtirganlaridan soСng maxsus gimnastik mashqlar bilan shugСullansalar, foydadan holi boСlmaydi. Shu maqsadda ularga quyidagi gimnastik mashqlarni tavsiya etamiz. Mazkur mashqlardan harakat organlaringizda qon yaxshi aylanishini ta'minlanishida samarali foydalanishingiz mumkin.

Mashqlarning mazmuni:
Dastlabki holat
1. Chuqur nafas olib, nafas chiqarish (10-15 marta).
2. Koptokcha yordamida egiluvchanlik, qoСl chaqqonligi mashqlarini bajarish.
3. Uni bir necha bor tepaga otib, ilib olish.
4. Bosh va tanani chap yoki oСng tomonga aylantirish, tanani oldingi va yon tomonga tez bukish va toСgСrilash.
5. OСtirgan holda sakrash.
6. Oyoqlarni chalkashtirib, yuqoriga sakrash.
7. Barmoqlarga tayangan holda qoСllarni bukib, yozish.
8. Nafas olmay, 2-4 marta turib, oСtirish.
9. Sekin turgan joyda (bir me'yorda) yurish va yugurish.
10. Mashq tugadi.

Tanani boСshashtiruvchi mashqlar
Mashqlardan maqsad: gipodinamiyaga qarshi chidamlilikni rivojlantirish. QoСl va tana mushaklarini statik chidamliligi, diqqat ziyrakligi, qoСl, barmoqlar boСgСimlarining harakatchanligi, oyoqlar va tanada qon aylanishi uchun yaxshi fiziologik sharoit yarata bilishdan iborat.

Mashqlarning mazmuni:
1. Bir xil yoСnalishda 100 metrgacha sekin yugurish.
2. Tirsak boСgСimlarini bukish va toСgСrilash (30 soniya davomida).
3. Tik turgan holatda qoСl va barmoqlar bilan devordan itarilish.
4. Har bir oyoqda yuqoriga (turgan joyda)10-16 marta sakrash.
5. Bir oyoqda turgan holda, tik holatdan gorizontal holatga, muvozanatga oСtish, chap va ung oyoqda 15-20 marta takrorlash.
6. QoСllarni boshning orqasida "zanjir" qilib ushlab, turgan joyda sportcha yurish (4-5 marta ).
7. Tennis koptogini qoСldan-qoСlga 30 marta uloqtirish.
8. Tennis koptogini 10-16 marta otish.
9. Tennis koptogini otib va uni ushlab olgan holda yurish, turgan joyda yugurish (3 marta 30 soniyadan).
10. Turgan holda oyoqlarni koСtarish va tushirish.
11. Mashq tugadi.

Yuqoridagi mashqlarni toСgСri bajarib, nazorat qilib borilsa, albatta, samarali natija berishiga shubha yoСq.



 


 
     
Hosted by uCoz