Header image
free download programs
 
 
 
INTEL TO'RT YADROLI PROSESSORLARI

pic
2007 yil yanvar oyi boshlarida Las-Vegasda bo'lib o'tgan CONSUMER ELECTRONICS SHOW (CES) 2007 xalqaro ko'rgazmasida Intel korporasiyasi yana uchta to'rt yadroli, shu jumladan Intel®Core™2 Quad savdo belgisi bilan ish joyi kompyuterlari uchun prosessor modelini ham rasmiy taqdim etdi. Endi to'rt yadroli prosessorlar bilan kompyuterlarni barcha sotib olishi mumkin bo'ladi. Hozirgi kunda Intel korporasiyasi ish joyi kompyuterlari va korporativ server-sistemalar bozor segmenti uchun mo'ljallangan to'rt yadroli prosessorlar to'qqizta modellarini taqdim etadi.

Intel®Core™2 Quad prosessori to'rta hisoblash yadrosiga ega va kompyuter sezgirligi, katta tezligini ta'minlaydi. Bu yangi to'rt yadroli prosessorni distribyuterlar orqali buyurtma bilan olish mumkin va Intel marketing dasturi ishtirokchilari - kompaniyalar-yig'uvchilar ish joyi kompyuterlarida foydalanish uchun olishlari mumkin. Intel kompaniyasi bir prosessorli serverlar uchun to'rt yadroli prosessorlar ikki modellarini ishlab chiqarish boshlanishini ham ma'lum qildi. Yangi prosessorlari eng ilg'or Intel Core 2 Duo va to'rt yadroli prosessorlar oilasini to'ldiradi, hozirda ish joyi kompyuterlari, noutbuklar va serverlar uchun 29 ta ikki yadroli va to'rt yadroli modellari mavjud.

"Ommaviy kompyuterlar uchun to'rt yadroli prosessorlar texnologiyasini taqdim etib, Intel navbatdagi ildam odimni amalga oshirdi - Intel korporasiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Pol Otellini (Paul Otellini) - ish joyi kompyuterlari endi foydalanuvchilarga yangi va ajoyib imkoniyatlarni taqdim etib ilgari faqt superkompyuterlar ega bo'lgan mahsuldorlik darajasiga erishadilar". Intel ko'p yadroli prosessorlari foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi deyarli barcha tomonlarini yaxshilashga imkon beradi. Intel®Core™ revolyusion mikroarxitektura asosida yaratilgan bu mikroprosessorlar yuksak mahsuldorlikka ega va o'yinlar uchun kompyuterlarga mo'ljallangan. Ularning asosiy ustunliklari - zamonaviy qo'shimchalarni bozor shu qismi uchun xos bo'lgan parallelizm yuksak darajasida ta'minlashidan iborat. To'rt yadroli prosessorlari ustunliklari va qudratli imkoniyatlaridan to'la darajada foydalana oladigan ko'p yo'nalishli qo'shimchalar va keyingi avlod o'yinlari yaratish sohasida Intel korporasiyasi DT ishlab chiqaruvchilari bilan faol hamkorlik qilmoqda. To'rt hisoblash yadrosi hisobiga bunday prosessorlar asosidagi kompyuterlar Adobe After Effects*, Premiere Pro 2.0*, Windows Media Encoder*, Snapstream* va Win DVD* kabi yuqori tezlikda hisoblash bilan ko'p oqimli qo'shimchalarni bajarish uchun juda mos yechim hisoblanadi. Agarda yaqinda Microsoft Windows Vista* taqdim etilganini eslasak bozorga yangi dasturiy tizim va uning barcha imkoniyatlarini ta'minlaydigan yangi prosessorlar deyarli bir vaqtda chiqarilishi kamdan-kam uchraydigan holatidir.

Mahsuldorlik yangi darajalaridan tashqari to'rt yadroli prosessorlar foydalanuvchilar uchun multimediali axborotlar va raqamli o'yinlarni yaratish, tahrir qilish, ko'rish va tinglash uchun imkoniyatlarni kengaytiruvchi ko'p masalali hisoblash muhitini ta'minlaydi. Intel®Core™2 Quad prosessori bilan kompyuterlar yuksak aniqlikdagi videoni ko'rish uchun mos keladi. Ulardan oilaviy multimediali dam olish marzkalari sifatida ham foydalanish mumkin - chunki bir necha talabchan qo'shimchalarni bir vaqtda bajarilishi mumkin bo'ladi. To'rtta hisoblash yadrolari bir ncha multimediali oqimlar bilan ishlashga imokn beradi, shuning uchun Intel® Viiv™ texnologiyasi asosidagi yangi prosessorlar bilan shaxsiy kompyuter o'yinlar, dam olish uchun juda keng imkoniyatlarni ta'minlab raqamli uy konsepsiyasiga juda mos keladi.

pic

Serverlar uchun yangi to'rt yadroli prosessorlar

Intel korporasiyasi bir prosessorli serverlar uchun 3200 seriyali Intel® Xeon® to'rt yadroli prosessorini ham taqdim etdi. Bu prosessorlar Intel Core mikroarxitekturasi asosida yaratilib, dastlabki darajali serverlar - korporativ elektron pochta serverlari, Web-serverlar, faylli serverlar va bosma serverlari uchun energetik samarador mahsuldorlik yangi darajalarini ta'minlaydi. Intel Xeon 3200 seriyali yangi to'rt yadroli prosessorlaridan 1066 MGs chastota bilan sistema shinasi va 8 MB hajmli 2 darajali kesh-xotiraga ega 2,4 va 2,13 GGs takt chastotalari bilan ikki modeli taqdim etiladi. Intel korporasiyasi hisoblash texnikasini rivojlantirish yo'lida juda tez va oddiygina navbatdagi evolyusion qadam qo'yishga erisha oldi. Bu yarim o'tkazgichli mikrosxemalar ishlab chiqarish jarayonlari va texnologiyalarini takomillashtirishga doimiy investisiyalar kiritish hisobiga mumkin bo'ldi. Ilg'or texnologiyalar Intel korporasiyasiga o'z prosessorlarining energiya sarflashini kamaytrishga va tranzistorlar joylashishi zichligini oshirib borishga va shu bilan bir korpusda bir necha hisoblash yadrolarini kiritish hamda yangi mahsulotlarni yanada ma'qul hisoblangan narxlarda ishlab chiqarishga imokniyat yaratadi.
Narxlari va ularning arzonligi
CES ko'rgazmasida yangi to'rt yadroli Intel®Core™ 2 Quad Q6600 (2,4 GGs takt chastotasi bilan) prosessorini ishlab chiqarish va imokniyatlarini namoyish etish bo'lib o'tdi. Hozirgi kunda bu prosessor 1000 dona partiyasiga 851 dollar narxdan olish mumkin. Intel® Xeon® X32220 (2,4 GGs) to'rt yadroli prosessorini ham 851 dollar narxda, Intel® X3110 (2,13 GGs) prosessori esa 690 dollar turadi.

 



 

 
 
     
Hosted by uCoz