Header image
free download programs
 
 
 
KOMPYUTERLARNING TEXNIK TA'MINOTI

Kompyuter haqida umumiy ma'lumot

  1. Kompyuterlarni sinflash
  2. Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari
  3. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi
  4. Kompyuterning qurilmalari

Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli - analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi,  hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo`lish mumkin:
- super kompyuterlar (Super Computer);
- blok kompyuterlar (Manframe Computer);
- mini kompyuterlar (Minicomputer);
- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
- bloknot(noutbook) kompyuterlar.
Super kompyuterlar (TOP 500 kompyuterlar)-juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trillionlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshilik qilmoqda. Uning tezligi kompyuterlar tezligini o`lchovchi- Linpacr parallel testida 1 TFLOPS (1 TFLOPS-1000 GFLOPS teng, 1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS-sekundiga 1000 amalga teng). Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo`llaniladi. E'tiborlisi shuki, Tokio universiteti dunyoda to`rtinchi o`rinda turadigan, sekundiga 873GFLOPS amal bajaradigan, 128 protsessorli SGI ASCI Blue kompyuteriga ega. Quyidagi jadvalda Top kompyuterlar haqida ma'lumot keltirilgan:

REYTING O’RNI

RUSUMI

ISHLAB CHIQARUVCHI MAMLAKAT

SHIRKAT NOMI

SONI

PROTSESSOR

1

Intel ASCI Red

AQSH

Intel (AQSH)

9472

1338

2

SGI ASCI Blue

AQSH

SGI (AQSH)

6144

634

3

SGI T3E1200

AQSH

SGI (AQSH)

1084

430

4

Hitachi SR8000

Yaponiya

Hitachi(Yaponiya)

128

368

5

SGI T3E900

AQSH

SGI (AQSH)

1324

264


Shuni qayd qilish lozimki, superkompyuterlarning ma'lum yo`nalish masalalarini
Shuni qayd qilish lozimki, superkompyuterlarning ma'lum yo`nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud.
Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir poQona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli.
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni bir-biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 megagersni, xotira hajmi esa 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) - “Oq yasalgan”, Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar “Sariq yasalgan” nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa “nomsiz kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta'minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak.
Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir.
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o`z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi.
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir.
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya'ni bir vaqtda programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida programma qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar yordamida kompyuter tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma'lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.
Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o`rnatadi va uning bajarilishini ta'minlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Programma ishlash natijasi to`g`ridan-to`g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko`rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning programma ta'minoti - kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi. KOMPYUTER
Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:


-sistema bloki;
-monitor;
-klaviatura;
-sichqoncha;
-tashqi qurilmalar.


Kompyuterning Qurilmalari
Sistema bloki
Sistema bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko`rinishida ishlab chiqariladi.
Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya'ni kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta'minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u ma'lumotlarni berilgan programma asosida qayta ishlaydi.
Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium Pro(professional) mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan Pentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda, xolos. Shuni aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar,
da ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo`lgan, Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko`plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo`llaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan umuman aytganda kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng qo`llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagerslar (Mgs) sekundda o`lchanadi.
MMX Pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida 1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication Extension) Pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo`lsa, keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun kengaytma deb atala boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda ommaviy qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik, tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko`tarish, multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta'minlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli grafikalarni tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va qo`shish amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni tezroq bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq masalalarni yechishda qo`llash maqsadga muvofiq bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko`rsatadi.
Hozirda rivojlanayotgan parallel algoritmlar va hisoblashlar uchun ham u qo`l keladi. Shu bilan birga bu  protsessor suzuvchi vergul rejimidagi sonlar bilan ishlashni “yoqtirmaydi”. Bunday sonlar bilan ishlash uchun maxsus programma interfeysi mavjud. U Microsoft firmasining Direct 3D (3 o`lchovli interfeysi)dir. Shuning uchun ham uning hozirda ko`p tarqalayotganligiga ajablanmasa ham bo`ladi.
Xotira. Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o`chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma'lumot birligining eng kichik o`lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo`lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng. O`z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta harf bo`lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u K bilan belgilanadi. O`z navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga teng.
Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko`proq bo`lgan programmalarni, xususan WINDOWS 3.1,3.11 programmalarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to`laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operatsion sistemasida ishlash uchun, Foto Shop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon programmalarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM_2,3 protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi protsessorlar va programma mahsulotlarini paydo bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi.
Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemasini boshlanQich yuklanishini ta'minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma'lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta. Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi.
Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi kompyuterlar ta'mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiQish va o`zgartirish imkoniyatini beradi.
Sistema platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo`ladi. Bundan tashqari, unda ba'zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma'lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma'lumotlarni tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham ba'zi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe radiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga ta'siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda nurlarning ta'sirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 dyymli monitorda 1024x768, 17 dyymli monitorda 1280x1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800x600 ga teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo`llari ham mavjud.
Tashqi qurilmalar
Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar
Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, programma va berilganlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko`rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo`ladi: matritsali, oqimli va lazerli.
Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo`lib, albatta ignalar soni ko`pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.
Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo`li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo`lib, ularning-kamchiligi siyohining tez tamom bo`lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.
Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo`ladi.
Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (HP) firmasi chiqaradigan HP LaserJet rusumli printerlar qabul qilingan. Lazer printerlarda chop etish juda qulay bo`lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kartridjning tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog`liq albatta. Shuning uchun lazer printerda chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko`paytirish maqsadga muvofiqdir.
Modem. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma'lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommunikatsion programmalariga ega bo`lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma'lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.Kompyuter telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim bo`ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha, demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog`i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirishdan iborat. Bu tarmog`ning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo`laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo`lak ma'lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqori yo`lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo`llaniladi.
Modemning, yuqorida aytganimizdek, ikki turi mavjud: ichki va tashqi modem. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuter ichiga maxsus joyga o`rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi.
Modemlarning xalqaro standartlari:Eng ko`p tarqalgan modem birinchi modemlarni ishlab chiqargan firma nomi - HAYES deb nomlangan moslashtirilgan modemlardir. Bunday modemlar Hayes Smart modem  bilan moslasha oluvchi AT buyruqlarni ishlatadi (inglizcha Attention diqqat so`zidan). Barcha Hayes -moslashgan modemlar uchun standart bo`lgan buyruqlardan tashqari, har bir ishlab chiqaruvchi foydalanuvchiga keng spektrdagi spetsifik buyruqlarni taklif etadi va bu buyruqlar o`sha firma modemlaridagina kuchga ega bo`ladi (masalan, US Robotics, Rockwell, ZYXEL va h.k.).
Buyruqlar modem va telefon tarmog`i orqali uzatiladigan axborotning qaysidir bir standartiga xos bo`lishi kerak. 2400 bod (bod ma'lumotlarni uzatish tezligini belgilaydi va 1 bod =1 bit/sek.) tezlik uchun mos bo`lgan standartdagi modemlar axborotlari erkin almasha olishlari mumkin.
ZYXEL firmasining modemlari ham keng qo`llanila boshladi. Ular ZYXEL ning ma'lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning keng qo`lla
lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning keng qo`llanilishi 90-yillar xaridorlarining boshqa turdagi modemlarini xarid qilish imkonlari yo`qligidan kelib chiqadi. Ularning asosiy kamchiligi-yuqori narx, xaridorni cho`chitadi. Biroq, shunga qaramay, bank strukturasi va davlat idoralari, odatga ko`ra, shu firma modemlaridan foydalanadilar. Telebit firmasining TraiBlazer nusxasi va mashhur protokol PEP (Packet Eusemble Protosol) ham keng tarqalgan.
Skaner :Skaner-matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli ko`rinishda chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan.
Uning asosiy xarakteristikasi ma'lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo`lgan rangda (xususan qora rangli) va ko`rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi.
Odatda bu xarakteristika, misol uchun, 300x600, 600x1200 ko`rinishda bo`ladi. Bu degani gorizontal chiziqlar bo`yicha nuqtalar (piksellar) soni 300 (600), vertikal bo`yicha piksellar soni 600 (1200)ta ekanligini bildiradi.
Nuqtalar soni qancha ko`p bo`lsa ma'lumotlar aniqroq tasvirga ega bo`ladi. Tabiiyki, skanerni HP dan boshqa firmalar ham ko`plab ishlab chiqaradi. Lekin ular HP Jcanjet andozasiga mos kelishi kerak. Hozirda bunday skanerlar Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko`plab chiqarilmoqda. Shuni aytish lozimki, programma vositalari yordamida skanerning tasvirlash qobiliyati ancha kuchaytirilishi mumkin. Skanerlarni ishlatish jarayonida, ayniqsa, matnlar bilan ish ko`rilganda u yoki bu milliy til drayverlarni aniq aks ettiruvchi programmalardan (masalan Fine Reader) foydalanish zarur.
Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullarda foydalaniladi. Ba'zi skanerlar maxsus kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo`lib, ular u orqali ulanadi. Bunda plata kompyuterning asosiy platasiga (ona platasi) maxsus joyga va o`sha plata orqali o`rnatiladi.
Ba'zi skanerlar parallel portga to`g`ridan-to`g`ri ulanadi. Hozirda asosan SCSI-3 interfeysi orqali ulanadi. Bu andoza kompyuterga ko`plab tashqi qurilmalarni, shu jumladan, skanerni ulash imkoniyatini beradi. Turli kompyuterlar uchun programma birligini ta'minlash maqsadida TWAIN qaydnomasi ishlatiladi.
Demak, agar WINDOWSda shu qaydnoma o`rnatilgan bo`lsa, u skanerlar bilan bemalol ishlay oladi. Odatda skaner sotib olinayotganda uni qaysi operatsion sistemaga mo`ljallanganini bilish lozim. Shu bilan birga hozirda chiqarilayotgan skanerlarning aksariyati WINDOWSga mos skanerlardir. WINDOWS 98 dan boshlab esa operatsion sistemalar TWAIN qaydnomasini yaxshi taniydigan bo`ldi. Shuning uchun ham bu operatsion sistemalarda skanerlar bilan bevosita ishlash imkoniyati mavjud.
Lazerli (kompakt) disk. CD ROM (Compact Disk Read Only Memory – faqat o`qish uchun lazerli disk). Keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol o`ynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 Mbayt hajmdagi ma'lumotni sig`ishi bo`lsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida e'tiborga loyiq. Uning CD ROM  va CD Writer (yozuvchi) ko`rinishdagilari mavjud bo`lib, birinchisi faqat o`qish uchun mo`ljallangan bo`lsa, ikkinchisi ma'lumot va programmalarni yozish uchun keng qo`llanilmoqda. Ayniqsa, hujjatlarning elektron versiyasini bunday ma'lumot yuritgichi orqali ayirboshlash dolzarb masala bo`lib qoldi.
CD ROM ning muhim ko`rsatkichlaridan biri uning ma'lumot ayirboshlash tezligidir. Hozirda ko`proq 48, 52 tezlikli lazer disklar ishlatilmoqda.
Disketa. Ma'lumotlarni, programmalarni doimiy saqlash, ayirboshlash maqsadida disketalar ishlatiladi. Unga FDD (Floppy Disk Driver – egiluvchan disk qurilmasi) yordamida ma'lumotlar va programmalar yoziladi va undan o`qiladi. Hozirda HD (Higy density-yuqori zichlik) asosan hajmi 1,44 yoki o`ta yuqori 2,88 Mbaytga teng bo`lgani keng ishlatilmoqda. Ayni paytda 120 Mbayt siQimli Floppy disketalar ham ishlab chiqarilish arafasidadir.
Klaviatura va sichqoncha:Klaviatura va sichqoncha ma'lum ma'noda bir-birining o`rnini bosadigan, ma'lumotlarni kiritadigan va kompyuter bilan muloqot qilish vazifasiri o`taydigan qurilmalardirlar. Ularsiz kompyuterda xususan, operatsion sistemasida ishlab bo`lmaydi.  Ular yordamida  siz  operatsion sistemaga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan programmalarga buyruqlar, shuningdek, bu qurilmalar yordamida programmalarga kerak  bo`lgan ma'lumotlar kiritiladi.
Sichqoncha. Sichqoncha odatda ikki yoki uch klavishali bo`ladi: chap, o`ng va o`rta. Chap va o`ng klavishalar programma asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O`ng klavisha kontekst meny deb ataluvchi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst menyning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog`liq. O`rta klavisha hozirda xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga o`xshab) maqsadlari uchun qulay.
Klaviatura. Klaviatura  101-105 klavishlardan  iborat.
O`z vazifalariga ko`ra klavishlar  beshta guruhga bo`linadi:
1. Harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar. Ular oddiy yozuv mashinkalarning   klavishlariga o`xshaydi.
2. Boshqaruvga  oid klavishlar.
3. Funksional yoki amal klavishlar.
4. Kichik sonlar kiritadigan klavishlar.
5. Maxsus belgilardan iborat klavishlar.
Eng katta guruh-birinchi guruh bo`lib, ular yordamida rus va lotin katta-kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo`lmagan klavishning nomi Spacerbar yoki Space deb ataladi va bo`shliq belgisini kiritishga mo`ljallangandir. Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo`ljallangan.
Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi.
Rus alifbosidan lotin (ingliz) alifbosiga yoki  aksincha, lotinchadan ruschaga o`tish siz ishlaydigan programmaga bog`liq. Masalan, WINDOWS da alifbo avtomatik ravishda tanlanadi. (Ekranning eng pastki qismida).
Ekranga belgi  tushadigan  joy  maxsus  usul  bilan  belgilanadi. Buning uchun  maxsus  belgi  bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab turgan bo`lsa,  unda kursor o`chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning  ustiga  tushadigan  to`rtburchakka o`xshaydi va  matn  kursori  deb  nomlanadi.
Boshqarishga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajaradi. Ayrim klavishlar, masalan: CAPSLOCK, NUMLOCK va SCROLL LOCK klavishlarining ishlash vazifasini o`zgartirib turadi. SHIFT, CTRL, ALT klavishlari boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi. Masalan, CTRL + ALT + F degani CTRL, ALT va F klavishlarini  birdaniga bosishni bildiradi.
F1 dan F12 gacha bo`lgan klavishlar funksional klavishlar deb nomlanadi. Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bular 12 ta bo`lishiga qaramasdan, ko`pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi. Odatda F1 klavishi yordamchi ma'lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik).
Num Lock (sonlarni saqlash)-sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslaydi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki rejimda ishlashi mumkin:
1) sonlarni kiritishda,
2) kursorni boshqarishda.
Ikki holatning biridan ikkinchisiga o`tishni Num Lock (mahkamlash bilan) yoki Shift klavishi (mahkamlash kerak emas) bajaradi. Bunda Caps Lock klavishi sonlarni kiritish klaviaturasiga ta'sir ko`rsatmaydi.
Sonlarni kiritish paytida sonlarni kiritish klaviaturasi kalkulatorning klaviaturasiga o`xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog`i yonib turishi kerak, agarda Num Lockni ko`rsatuvchi chiroq o`chgan bo`lsa, ushbu kichik klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin.
Ctrl (Control-boshqarish) - boshqa klavish bilan birga bosilganda, o`sha klavishning vazifasi o`zgaradi, ALT (Alternative-o`zgartiruvchi) - bu klavish ham boshqa klavishlar bilan birga bosilganda, o`sha klavishning ish vazifasini o`zgartiradi.
Print Ssreen (ekrandagi chop etish) - ushbu klavish ekranda bo`lgan ma'lumotni printerga chiqarib beradi.
PAUSE (vaqtinchalik to`xtash) - ushbu klavish bosilganda kompyuter o`z ishini vaqtincha to`xtatadi.
TAB (tabulyatsiya so`zidan) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar haqida ketganda, kursorni o`ng tomonga, navbatdagi maxsus ko`rsatilgan (belgilangan) nuqtaga (pozitsiyaga) suradi. Bu klavishning qulayligi shundaki, uning yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda ham belgilangan pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni yuqori registrda bosganda, kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin.
BackSpace (Orqaga qaytish) - qaytarish klavishi. Bu klavisha yordamida, matn terish paytida, ekrandagi kursordan chap tomondagi xato terilgan belgilarni o`chirish mumkin. Kursorning o`zi esa bitta belgi chap tomonga suriladi.
Enter (kiritish) - kiritish klavishi. Matn terish paytida ushbu klavish bosilsa, kursor yangi abzatsga (satrga) o`tadi.
Caps Lock (bosh yoki kichik harflarga o`tish klavishi) - yuqori registrga o`tish imkonini yaratib beradi. Haqiqatda esa ushbu klavish faqat harflar terish klavishlariga o`z ta'sirini ko`rsatadi, bosh harflar kiritish imkonini yaratib beradi. Bu klavishni bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish maqsadida klaviaturaning o`ng  burchagida yonib turadigan indikatorlar joylashgan. Bu indikatorlar rejimni ko`p vaqt davomida saqlab turadigan klavishlar bilan bog`langan. Shularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli.
Scroll Lock (surishni saqlaydi) - bu klavish yordamida kursorni harakatga keltirmoqchi bo`lsangiz, kursor ekranga sakraydi. Bu klavish ham o`z holatini mustahkamlash (fiksatsiya) bilan bajaradi.
Shift (surish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha, pastki registrdan yuqori registrga o`tish imkonini beradi. Hammasi Caps Lock  klavishining holati bilan bog`langan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalik bo`lganligi sababli, boshqa klavishlarning xizmatini o`zgartirish kerak bo`lsa, ularni bosish paytida Shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi.
Quyida klavishlar va ular bajaradigan vazifalarni ko`rib chiqamiz.
Ekranda ko`rsatilgan obyektni surish yoki ko`chirish. Ekranda ko`rsatilgan obyektni topib, chap klavisha bosiladi va klavishani qo`yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi  qo`yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni ham chap, ham o`ng tomonda joylashgan klavishalar bilan ko`chirish mumkin.
Chap klavisha bosilganda, mo`ljallash bo`ladi, o`ng klavisha bosilganda esa aniq vazifa berish kerak bo`ladi.
Sichqoncha yordamida  quyidagi asosiy harakatni bajarish mumkin:
Point-ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish;
Slick-sichqoncha klavishasini bosib darhol qo`yib yuborish;
Double click-sichqoncha klavishasini ikki marta tez bosish;
Select-biror obyektni tanlash.
Tanlab olingan tasvir, matn qismi yoki grafik simvollarni boshqa joyga ko`chirish (Drag and Drop texnologiyasi)  mumkin. Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi.
Windowsda sonlarni kiritish klaviaturasini sichqoncha o`rnida ishlatish mumkin. Bunday holat har xil sabablarga ko`ra, sichqoncha ishlamay qolganda yuz berishi mumkin.



 

 
 
     
Hosted by uCoz